FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI

Konstitutsiyada har kimning uy-joyli bo'lish huquqi belgi-landi.

Hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko'rgan zararlarning o'rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta`minlanishi kafolatlanadi.

Ma`lumot uchun: Bunda, joriy yilda "Kafolatlangan xizmatlar paketi" qayta ko'rib chiqilib, 20 turdagi kasalliklar bo'yicha diagnostika, davolash va profilaktika xizmatlari hajmi to'liq qamrab olinadi.

Ko'p uchraydigan 20 turdagi kasalliklar bo'yicha birlamchi bo'g'indagi bepul tahlil turlari - 15 tadan 25 tagacha, tekshi-ruvlar - 10 tadan 20 tagacha, dorilar - 64 tadan 90 taga oshiriladi.

Ijtimoiy davlatga xos bunday yondashuv ta`lim sohasi bo'yicha ham ko'pgina modda va normalarda o'z ifodasini topmoqda. Ta`lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshirildi.

Fuqarolarning oliy ta`lum muassasalarida davlat granti hisobidan o'qish huquqi qat`iy belgilandi. 

Nogironligi bor bolajonlarga o'z tengdoshlari bilan bir xil ta`lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Shuning uchun, bunday imkoniyatlar inklyuziv ta`lim sifatida Konstitutsiyaga kiritildi.

Oilaning to'laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi konstitutsiyaviy mustahkam-landi. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning burchi sifatida belgilandi.

Har kimning mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish huquqi kafolatlandi.

Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta`minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanishi mustahkamlandi.

Homiladorligi yoki bolasi borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo'shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi belgilandi.

Bolalar mehnatining bolaning sog'lig'iga, xavfsizligiga, jismoniy, aqliy va ma`naviy jihatdan to'laqonli rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta`lim olishiga to'sqinlik qiluvchi har qanday shakllari ta`qiqlanadi.

Har kim ishsizlikda ijtimoiy ta`minot olish huquqiga ega bo'ladi.

Bundan tashqari, yoshlarning ta`lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo'lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish - davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritildi.

Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari hayoti sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to'laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta`minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko'radi.

Аzizbek Begjanov, 

O'zbekiston Respublikasi 

Bosh prokuraturasi 

boshqarma prokurori

Ozod ODILOV, 

shahar prokurorining 

katta yordamchisi

* * *

Konstitutsiya mamlakati-mizning Bosh huquqiy hujjati, hayotimizning mezonidir. Jamiyatning har bir jabhasi, odamlarning kundalik hayoti Bosh Qomusimizda belgilan-gan me`yorlar, normalar bilan chambarchas bog'liq.

O'zbekiston Respublikasi-ning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi ijtimoiy adolat, erkinlik va tenglik tushunchalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, inson va davlatning huquqiy holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, davlat bilan fuqaroning o'zaro siyosiy-huquqiy mas`ulligi printsiplariga asoslanuvchi tamomila yangi konsepsiyaga tayangan bo'lib, unda ilk bor inson huquqlari toifasi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo'yilgan. 

Shu o'rinda ta`kidlash lozim-ki, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo'lida dunyo jamoatchiligi tan olgan olamshumul yutuq va marralarni zabt etdi. Milliy iqtisodiyotimiz izchil rivojlan-moqda, uning barqaror o'sish sur`atlari, aholi farovonligi yil sayin yuksalib bormoqda. Bir so'z bilan aytganda, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz obro'-e`tiborining tobora yuksalib borayotgani zamirida, eng avvalo yangi tahrirdagi Konstitutsiya va uning insonparvarlik g'oyalarini o'zida to'la mujassam etgan me`yorlari yotibdi. 

O'zbekiston taraqqiyotining muayyan bosqichlariga hamohang tarzda Asosiy Qonunimizga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Bu islohotlar zamirida jamiyat hayotini yanada demokratlashtirish asosiy maqsad qilib olindi. Davlat boshqaruvini demokratlash-tirish, mazkur jarayonlarda fuqarolarning konstitutsion huquqlarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan mazkur islohotlar pirovardida fuqarolarimizning huquq va erkinliklari kafolatlarini yanada mustahkamlaydi. 

Yangi tahrirdagi konstitutsiya yangi O'zbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab beradi. Muhtaram Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, «Konstitutsiya-viy islohotni fuqarolarimiz fikri va qo'llab-quvvatlashi asosida, referendum orqali amalga oshirsak, bu tom manoda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi - haqiqiy xalq konstitutsiyasi bo'ladi». Haqiqatda ham Konstitutsiyaviy qonunda belgilangan normalar sizu bizning huquq va manfaatlarimiz himoyasiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Jumladan, yangi Konstitutsiyamizning 54-moddasida "Insonning huquq va erkinliklarini ta`minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta`minlaydi", deb ko'rsatib o'tilganligi inson qadri uchun g'oyasi mujassam ekanligini ko'rish mumkin. 

O'zbekiston - yoshlar mamlakati. Shu bois, yoshlar ta`lim-tarbiyasi va kamolotiga alohida e`tibor qaratilmoqda. Eng avvalo, bu sohadagi ishlarni tashkil etishning huquqiy asoslari takomillash-tirilib borilmoqda. Yangi Qomusimizning 79-moddasida "Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta`minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va ahloqiy jihatdan shakllanishi va rivojlanishi uchun, ularning ta`lim olishga, sog'lig'ini saqlashda, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi", deyilishi zamirida yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, iste`dodini qo'llab-quvatlashdek ezgu maqsad turganligiga amin bo'lamiz. 

Bekzod PIRXALOV,

viloyat adliya boshqarmasi

boshlig'i o'rinbosari

* * *

Shubhasiz, vaqt o'tishi bilan qonun va qonunosti hujjatlarini o'zgartirish masalasi o'rtaga chiqadi. Bu jarayonni qanday tashkil qilish kerakligi haqidagi savolning javobi o'ta murakkab. 

АQSH Mustaqillik Deklaratsiyasi muallifi Tomas Jefferson ham Konstitutsiya har 19 yilda bir marta o'zgartirilishi kerak, deb hisoblagan. Unga ko'ra, 19 yil ichida aholi yangi-lanadi, qonunlar va qonunosti hujjatlari ularning talablariga mos kelishi kerak.

Bizning Konstitutsiyamiz zamonaviyligi bilan tanilgan bo'lsa ham, o'tgan 30 yil davo-mida xalqimizning yig'ilib qol-gan muammolarini hal etishni davrning o'zi talab qilgan edi.

2023-yil 30-aprelda xalqimiz va davlatimiz uchun muhim bo'lgan Konstitutsiyamiz yangi tahrirda qabul qilindi.

Аsosiy Qomusimizdagi o'zgarishlarning izchil davomi sifatida davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil 8-mayda "Muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to'g'risida"gi Farmon qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Konstitutsiyaning 110 va 128-moddalari hamda Saylov kodek-sining 66-moddasiga asosan muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuniga tayinlandi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan esa joriy yilning 10-mayidan Prezident saylovi kampaniyasi boshlanganligi e`lon qilindi. 

Markaziy saylov komissiyasi-ning qaroriga muvofiq, viloyat saylov okruglarini tuzish mud-dati 15-maygacha, saylov uchastkalarini tuzish 25-maygacha belgilandi.

Siyosiy partiyalar vakolatli vakillarini ro'yxatdan o'tkazish uchun saylov kampaniyasi e`lon qilingandan keyin uch kunlik muddatda Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi lozim.

Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar 15-maygacha hujjatlarni taqdim etishlari, shundan keyin 17-may - 1 iyun kunlari oralig'ida prezi-dentlikka nomzodlar ko'rsa-tishlari mumkinligi belgilandi.

Аlbatta, men ham Vatani-mizning ko'p millionli saylovchi-laridan biri sifatida, yaqinda xalqimiz tomonidan qabul qilingan Konstitutsiyamizda aks ettirilgan islohotlarning mantiqiy davomi bo'lgan mazkur saylovda ishtirok etaman.

O'.JO'RAYEV,

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha

vakilining (Ombudsman) Jizzax viloyati bo'yicha mintaqaviy vakili


Авторизация