MIRANDA QOIDASI NIMA?

So'nggi yillarda yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, uning huquqlarini ta`minlash hamda erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganligi fuqarolarning huquq va erkinliklarini Àsosiy Qonunimizda belgilab qo'yilishini taqozo qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev konstitutsiyaviy komissiya a`zolari bilan uchrashuvda ham "Miranda qoidasi" va "Xabeas korpus" tamoyillari Konstitut-siyada aks ettirilishi lozimligini ta`kidlab o'tgan edi.

Shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini ifoda etuvchi normalar O'zbekiston Respub-likasi Konstitutsiyasi eski tahririning 25-moddasida ikki qismdan iborat bo'lgan bo'lsa, qabul qilingan yangi Konstitut-siyaning 27-moddasida to'rtta qismdan iborat tarzda bayon etilgan.

Àvvalgi tahrirda uch qismdan iborat aybsizlik prezumpsiyasi esa endi asosiy Qomusimizning 28-moddasida yetti qismdan iborat bo'ldi.

Qonunning 27-moddasi to'rtinchi qismida shaxsni ushlab turish chog`ida uning huquqlari va ushlab turish asoslari unga tushunarli tilda bayon etilishi, 28-moddaning uchinchi qismida esa gumon qilinuvchi, aybla-nuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlab berishi shart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi, 29-moddaning ikkinchi qismida har bir shaxs jinoyat prosessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e`tiboran o'z tanloviga ko'ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega ekanligi kabi "Miranda qoidasi" talablari belgilab qo'yilgan.

Xo'sh, "Miranda qoidasi"-ning o'zi nima?

Xorij filmlarini tomosha qilganimizda politsiyachilar tomonidan jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni ushlash jarayonida "Siz sukut saqlash huquqiga egasiz. Siz aytgan har qanday narsa sudda sizga qarshi ishlatilishi mumkin..." degan jumlalarni ko'p eshitganmiz. Bu jarayon-ning "Miranda qoidasi" deb nomlanishi 1963-yilda ÀQSHda Ernesto Àrturo Miranda ismli retsidivistning navbatdagi jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi bilan bog`liq. Mirandaga so'roq qilinishidan oldin uning huquq-lari tushuntirilmaganligi uchun u o'z aybiga iqror bo'lgan va uning ko'rsatmalari sudda dalil sifatida e`tirof etilib, unga uzoq muddat ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Keyingi sud bosqichlarida Mirandaga so'roq qilishdan avval uning huquqlari tushuntirilmaganligi sababli unga nisbatan chiqarilgan dastlabki sud hukmi bekor qilinadi. Shundan buyon ÀQSH qonunchili-gida jinoyat sodir etishda gumon qili-nayotgan shaxslarni  so'roq qilishdan avval uning qonuniy huquqlarini o'qib eshittirish majburiy qoida sifatida belgilab qo'yilgan. Mazkur qoida "Miranda qoidasi" nomi bilan keyinchalik boshqa davlatlar qonunchiligiga ham kirib kelgan.

Àmaldagi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-proses-sual kodeksining 224-modda-sida "Miranda qoidasi"da nazarda tutilgan ushlab turishga vakolatli shaxsning o'zini tanishtirishi va ushlab turilgan shaxsning talabiga ko'ra o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko'rsatishi, gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlanganligi ma`lum qilinishi, ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindo-shiga telefon qilishi yoki xabar berishi, himoyachiga ega bo'lishi, ko'rsatuvlar berishni rad etish huquqiga ega ekanligi, ushlab turilgan shaxsga u bergan ko'rsatuvlardan jinoyat ishiga aloqador dalil sifatida uning o'ziga qarshi ishlatilishi mum-kinligi ma`lum qilinishi kabi huquqlar belgilab qo'yilgan.

Ushlangan shaxs sukut saqlab, ko'rsatuv berishni rad etib tursa unda uning aybsizligini kim isbotlaydi degan haqli savol tug`ilishi tabiiy. 

Jahondagi mamlakatlar jinoyat-prosessual qonun-chiligida ma`lum bir shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini yoki sodir etilmaganligini isbotlash vazifasi bevosita shaxsning o'ziga emas, balki jinoyat ishini yuritishga mas`ul bo'lgan vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilgan.

Jumladan, bizdagi jinoyat-prosessual qonunchiligida ham jinoyat sodir etilgan yoki sodir etilmaganligini, jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsning aybli yoki aybsizligini isbotlash surishtiruvchi, tergov-chi prokuror yoki sud tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan.

Shu sababli, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksining "aybsizlik pre-zumpsiyasi" deb nomla-nuvchi 23-moddasi ikkinchi qismida gumon qili-nuvchi, aybla-nuvchi yoki sudlanuvchi o'zining ayb-sizligini isbotlab berishi shart emasligi ko'rsatib o'tilgan.

"Miranda qoidasi" kabi fuqarolarning huquq va erkinliklarini o'zida mujassam etuvchi boshqa qonun va qoidalarning to'g`ridan-to'g`ri Konstitutsiyamizning o'zida belgilab qo'yilishi mamlaka-timizda inson, uning huquq va erkinliklarining davlat tomonidan kafolatlanganligini bildiradi.  

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, "Miranda qoidasi" va boshqa inson huquq va erkinliklarini kafolatlovchi muhim xalqaro qoidalarning Àsosiy Qonunimizda aks ettirilishi mamlakatimizda shaxs manfaat-larining birinchi o'ringa qo'yilganligidan darak beradi. 

S.Quvvatov,

Jizzax viloyat sudi 

iqtisodiy sudlov 

hay`ati sudyasi 

U.Bazarov,

Jizzax tumanlararo 

iqtisodiy sudi sudyasi



Авторизация