RАQАMLI DАVR JURNАLISTI BO‘LISH OSONMI?

«Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi» hamda АOKА Jizzax viloyati boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan «Raqamli davr jurnalisti: vositalar, tekshiruvlar, manipulyatsiyadan himoya» mavzusidagi ikki kunlik amaliy trening OАV vakillari va blogerlar uchun juda foydali bo‘ldi.

 

Trening doirasida ishtirokchilar sun'iy intellekt vositalari, multimediali formatlar, raqamli storitelling, vizuallashtirish, faktcheking va mediasavodxonlikka oid zamonaviy bilim va amaliy ko'nikmalarni o'rgandilar.

- "Hozirgi kunda jurnalistdan nafaqat axborot tarqatish, balki uni tekshirish, tahlil qilish va vizual shaklda taqdim etish talab etiladi. Bugungi treningda biz aynan shu jihatlarga e'tibor qaratdik. Bu tajriba yosh jurnalistlar uchun, ayniqsa, muhim," - deydi trener, mediaekspert Emil Fahriyev.

Treningning birinchi kunida ishtirokchilar raqamli vositalar orqali vizual kontent yaratish, infografika va interaktiv materiallar tayyorlash bo'yicha mashg'ulotlar olib bordilar. Ikkinchi kun esa faktcheking, manbalar bilan ishlash, dezinformatsiyani aniqlash va unga qarshi kurashishga bag'ishlandi.

- "Ayniqsa, mediadagi manipulyatsiyalarni aniqlash bo'yicha berilayotgan bilimlar bizga juda kerak. Chunki jamiyatda ishonchsizlik kuchaygan paytda, xolis va tekshirilgan ma'lumot taqdim eta oladigan jurnalist juda katta qadrga ega bo'ladi", - deydi "Jizzax haqiqati" gazetasi muxbiri Muqaddas Safarova.

Trening jarayonida qatnashchilar guruhlarga bo'linib, amalda kontent yaratish, tahlil qilish va manipulyatsiya holatlarini misollar orqali ko'rib chiqdilar.

- "Maqsadli auditoriya va maqsadli kontent hozirgi zamon talabi va bu narsa jurnalistning asosiy shiori bo'lishi kerak. Sababi bu kontent yaratuvchisida tezkorlik, xolislik va tayyorlangan kontent iste'molchilarga tezroq singishida muhim vosita hisoblanadi", - deya ta'kidladi O`zbekiston Respublikasi zamonaviy jurnalistikanirivojlantirish markazi raisi Lola Islomova.

Shuningdek, ishtirokchilarga zamonaviy media texnologiyalarida foydalanilayotgan yetakchi platformalar (Linkiden, ChatGPT, Dataw-rapper, Google FactCheck Tools va boshqalar) bo'yicha amaliyotlar ham ko'rsatildi.

Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirdi. Ular o'zlarin-ing kelgusidagi faoliyatlarida ushbu bilim va ko'nikmalardan unumli foydalanishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

 

Cho'lponoy AHMEDOVA

(«Jizzax ovozi»)


Авторизация