XALQ DEPUTATLARI JIZZAX SHAHAR KENGASHINING QARORI. JIZZAX SHAHRINING 2024 YILGI MAHALLIY BYUDJETINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA

O‘zbekiston  Respublikasi  "Mahalliy  davlat  hokimiyati  to‘g‘risida"gi Qonunining 6 va 24-moddalari, Byudjet kodeksining 99-moddasi, "2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq hamda Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 27- dekabrdagi 01-20-08-01-33/418-sonli xatini inobatga olib, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi

Q À R Î R   Q I L À D I:

1. O‘zbekiston Respublikasining "2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi 2023-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-886-sonli Qonuni ijro va rahbarlik  uchun qabul qilinsin.

2. Jizzax shahar bo‘yicha 2024- yil uchun mahalliy byudjet daromadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar 1-ilovaga muvofiq hamda shahar mahalliy byudjeti daromadlarining 2024-yildagi asosiy prognoz ko‘rsatkichlari 1a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. 2024-yil uchun Jizzax shahar byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga  ajratiladigan  parlament  ajratmalarining  cheklangan  miqdorlari  2-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.

4. Umumdavlat soliqlaridan Jizzax shahar mahalliy byudjetiga ajratmalar me`yori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, ajratma me`yorlari bo‘yicha viloyat mahalliy byudjeti bilan shahar mahalliy byudjetlarining taqsimotini o‘rnatilgan tartibda shahar G‘aznachilik xizmati bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.

5. Qarorga asosan 2024-yilda:

A) Quyidagi soliq turlari shahar mahalliy byudjetiga to‘lig‘icha o‘tkazib berilishi ma`lumot uchun qabul qilinsin:

jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;

jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;

yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  to‘laydigan,  shuningdek,  jismoniy  shaxslarga tegishli  mol-mulkni  ijaraga  berishdan  oladigan  yillik  daromadi  to‘g‘risidagi deklaratsiyaga  asosan  to‘laydigan  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i;

suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq,  bundan  elektr  stansiyalari tomonidan  to‘lanadigan  soliq  mustasno;

yer qa`ridan foydalanganlik uchun solig‘i (noruda)

davlat mulki bo‘yicha ijara to‘lovlari;

B) shahar mahalliy byudjetiga quyidagi ulushlarda:

jismoniy  shaxslardan  undiriladigan  daromad  solig‘idan  tushumlarning (jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olinadigan yillik daromadlari bo‘yicha  deklaratsiyaga  asosan  to‘lanadigan  hamda  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘idan tashqari) 30 foizi;

yuridik shaxslarning yer solig‘idan  tushumlarning 10 foizi;

xususiylashtirishdan tushadigan tushumlarning 50 foizi;

yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘larining 50 foizi;

6. Jizzax shahar mahalliy byudjetining 2024-yil daromadlari va xarajatlarining chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq ma`lumot uchun qabul qilinsin.

7. Shahar mahalliy byudjeti daromadlarning prognoz ko‘rsatkichlari hokimlikning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oxirigacha ushbu mablag‘larning tushish ehtimoli bo‘lmasa, viloyat hokimligiga xarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar bilan birgalikda tartibga soluvchi  byudjetlararo  transfertlar  miqdorini  oshirish  yuzasidan  viloyat  hokimligiga murojaat qilishi qonun bilan belgilanganligi inobatga olinsin.

8. Jizzax shahar mahalliy byudjetining 2024-yilgi yuqori byudjetdan ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

9. Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish va joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini  kengaytirish  maqsadida  tashkil  etilgan  "Fuqarolar  tashabbusi jamg‘armasi"ga  mahalliy  byudjet  tasdiqlangan  xarajatlarining  5-10  foiziga  teng miqdorida 6-ilovaga muvofiq hamda shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning kamida 30 foizini rejalashtirilishi ta`minlansin.

10. 2024-yil uchun shahar byudjetining yo‘l qo‘yiladigan eng kam mablag‘lari miqdori 7-ilovaga muvofiq belgilansin.

11.  Qonunning  8-moddasiga  muvofiq  zaxira  jamg‘armalari  mahalliy byudjetlarning tasdiqlangan xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantirilishi belgilanganligidan kelib chiqib, 2024-yil uchun shaharning  shahar byudjeti zaxira jamg‘armasi hajmi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

12.  Qishloq  xo‘jaligi  uchun  mo‘ljallanmagan  yerlar  uchun  yuridik  shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 9-ilovaga hamda jismoniy shaxslar  bo‘yicha  (dehqon  xo‘jaligini  yuritish  uchun  berilgan  qishloq  xo‘jaligiga mo‘ljallagan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 kv. m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunga  ko‘ra,  shahar  soliq  inspeksiyasi  (J.Axbo‘tayev)  tasdiqlangan koeffitsiyentlar va soliq stavkalariga muvofiq 2024-yil uchun  jismoniy va yuridik shaxslarga yer solig‘ini hisoblash vazifasi yuklatilsin.

Bunda,  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  yer  solig‘i  (yakka  tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2023-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligiga alohida e`tibor qaratsin.

13. Shahar mahalliy byudjetida shakllangan qo‘shimcha manbalar moliya yili davomida tegishlicha Xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan shahar hokimligi takliflari  asosida,  Kengash  qarorlariga  asosan  ishlatilishi  belgilansin.  Kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni moliyalashtirish holatlari yuzaga kelganda shahar hokimining qaror va farmoyishlari asosida ishlatilib, keyinchalik Xalq deputatlari Kengashlariga hisobot berib borilsin.

14. Shahar hokimligi tashabbusi bilan qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladigan tadbirlar  uchun  talab  etiladigan  mablag‘lar  tegishliligi  bo‘yicha  ushbu  mahalliy byudjetlarning ijrosi davomida shakllangan qo‘shimcha manba mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi qat`iy belgilab qo‘yilsin.

15. Shahar hokimligi hududiy byudjet taqsimlovchilar bilan birgalikda tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarining rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirilishini ta`minlash.

Byudjet ijrosining ochiqliligini ta`minlash maqsadida

Byudjet mablag‘i taqsimlovchilari;

har chorak yakuni bilan keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar rasmiy  veb-saytlarga  o‘z  tasarrufidagi  byudjet  tashkilotlari  kesimida  mablag‘lar taqsimotini,  moliyaviy  hisobotlarni,  kapital  qo‘yilmalar  hisobidan  amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosini, o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolari va davlat xaridlari hamda boshqa tegishli ma`lumotlarni joylashtirsin.

Shahar soliq inspeksiyasi soliq imtiyozlari ro‘yxatini, shuningdek taqdim etilgan soliq imtiyozlarining miqdori to‘g‘risidagi ma`lumotlarni soliq to‘lovchilari kesimida

o‘z rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga ko‘ra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay joylashtirilishi ta`minlansin.

Shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar kesimida shahar mahalliy byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar va ularni ijrosi to‘g‘risidagi ma`lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga ko‘ra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay joylashtirsin.

17. Shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Ergashev, shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi (A.Abdujalilov), shahar soliq inspeksiyasi (J.Axbo‘tayev)larga 2024-yildagi byudjet-soliq siyosatidagi o‘zgarishlar, soliqlar va to‘lov stavkalari, soliq solish tartiblari  hamda  boshqa  ma`lumotlarni  ommaviy  axborot  vositalarida  yoritilishini ta`minlasin.

18.  Mazkur  qaror  "Jizzax  ovozi"  gazetasida  e`lon  qilinsin  hamda  shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

19.  Mazkur  qaror  bajarilishini  nazorat  qilish  xalq  deputatlari  shahar Kengashining  mahalliy  byudjetni  shakllantirish  va  ijro  etish,  iqtisodiy  islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda shahar hokimligi zimmasiga yuklatilsin.

20. Ushbu qaror rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.


Shahar 

hokimi         K.Xolmurodov


2023-yil 29-dekabr

Jizzax shahri


(Mazkur qaror ilovalari bilan jizzaxcity.jizzax.uz va jizzax-ovozi.uz rasmiy veb saytlari orqali tanishishingiz mumkin).



Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi VI-57-147-3-55-K/23-son qaroriga 1-ilova

 

Jizzax shahar bo'yicha 2024 yil uchun mahalliy budjet daromadlari bo'yicha ko'rsatkichlar

 

Daromadlar turi

Jizzax shahar

 

I.

Bevosita soliqlar

622 288 000

 

1

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i

471 645 000

 

 

ajratma meyori (foizda)

30%

 

 

Mahalliy budjet

141 493 500

 

2

Yuridik shaxslarning foyda solig'i

150 643 000

 

 

ajratma meyori (foizda)

0%

 

 

Mahalliy budjet

0

 

II.

Biriktirilgan daromadlar

287 421 000

 

 

To'lig'icha tuman (shahar) budjetlarida qoldiriladigan soliq turlari

49 177 000

 

1

Tadbirkorlik faoliyati bo'yicha qatiy belgilangan soliq

9 533 000

 

 

ajratma meyori (foizda)

100%

 

 

Mahalliy budjet

9 533 000

 

2

Jismoniy shaxslarning mol-mulki solig'i

21 300 000

 

 

ajratma meyori (foizda)

100%

 

 

Mahalliy budjet

21 300 000

 

3

Jismoniy shaxslarning yer solig'i

16 000 000

 

 

ajratma meyori (foizda)

100%

 

 

Mahalliy budjet

16 000 000

 

4

Noruda qurilish materiallari bo'yicha yer qaridan foydalanilganlik uchun soliq

0

 

 

ajratma meyori (foizda)

100%

 

 

Mahalliy budjet

0

 

 

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

1 589 000

 

5

ajratma meyori (foizda)

100%

 

 

Mahalliy budjet

1 589 000

 

6

Ijara to'lovi

755 000

 

Viloyat va tuman (shahar) mahalliy budjetlarida tartibga solinadigan soliq turlari

98 773 000

1

Aksiz solig'i (benzindizel yoqilg'isi va gaz iste'moli)

33 412 000

 

ajratma meyori (foizda)

0%

 

Mahalliy budjet

0

2

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'i

32 336 000

 

ajratma meyori (foizda)

0%

 

Mahalliy budjet

0

3

Yuridik shaxslardan yer solig'i

33 025 000

 

ajratma meyori (foizda)

10%

 

Mahalliy budjet

3 302 500

 

To'lig'icha viloyat budjetida qoldiriladigan soliq turlari

139 471 000

1

Korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq

36 286 000

 

ajratma meyori (foizda)

 

 

Mahalliy budjet

0

2

Mahalliy yig'imlar

43 183 000

 

ajratma meyori (foizda)

 

 

Mahalliy budjet

0

3

Davlat boji

38 641 000

 

ajratma meyori (foizda)

 

 

Mahalliy budjet

0

4

Jarimalar

19 673 000

 

ajratma meyori (foizda)

 

Mahalliy budjet

0

5

Davlat korxonalarining foydasidan daromad

188 000

6

Xususiylashtirishdan tushum

1 500 000

 

ajratma meyori (foizda)

100%

 

Mahalliy budjet

750 000

III

O'TKAZIB BERILADIGAN DAROMAD (Aksiz mobil, Tamaki va alkogol)

0

IV.

JAMI BUDJET (KONTINGENT) DAROMADLARI

909 709 000

V

JAMI MAHALLIY BUDJET DAROMADLARI

194 723 000

VI.

TRANSFERTLAR

1 046 822







 

 

 

 

 

Jizzax shahar mahalliy byudjeti daromadlarining 2024 yildagi asosiy prognoz ko'rsatkichlari

Ming so'mda

Т/R

Daromad turlari

Jami

JAMI

195 769 822

1

Tadbirkorlik faoliyati bo'yicha qatiy belgilangan soliq

9 533 000

2

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i

141 493 500

3

Aksiz solig'i, jami

-

 

Shu jumladan:

-

 

benzin, dizelyoqilg'isi va gaz iste'moli soliq

-

4

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'i

-

5

Yuridik shaxslardan yer solig'i

3 302 500

6

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

1 589 000

7

Korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq

-

9

Jismoniy shaxslarning yer solig'i

16 000 000

10

Jismoniy shaxslarning mol-mulki solig'i

21 300 000

10

Noruda qurilish materiallari bo'yicha yer qaridan foydalanilganlik uchun soliq

-

12

Xususiylashtirishdan tushum

750 000

13

Alkogol aksiz solig'i (shu jumladan pivo)

-

14

Mobil aloqaga aksiz solig'i

-

15

Yig'imlar

-

16

Ijara

755 000

17

Transfer!

1 046 822

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining

2023-yil 29-dekabrdagi

VI-57-147-3-55-K/23-son qaroriga 2-ilova

 


2024 yil uchun Jizzax shahar budjetidan birinchi darajali budjet mablag'larini taqsimlovchilarga ajratiladigan parlament ajratmalarining cheklangan miqdorlari

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi VI-57-147-3-55-K/23-son qaroriga 3-ilova

Umumdavlat soliqlaridan Jizzax shahar mahalliy budjetlariga ajratmalar me'yori

 

T/R

Shahar va tumanlar noun

Jismoniy hax lailar olinadigan daromad solig'i

Y    dk

shaxslardan olinadigan loyda solig'i

Yakka

tartibdagi

tadbirkorlar

to'laydigan

jismoniy

shaxslardan

olinadigan

daromad solig'i

(qatiy

belgilangan soliq)

Jismoniy shaxslar yer solig'i

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig'i

Ijara to'lovi

Aksiz solig'i: -benzin, dizel yoqilg'isi va gaz realizatsiyasidan soliq

Yuridik shaxslar yer solig'i

Suv resurslari-dan foydalan-ganlik uchun soliq

Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq (noruda)

Xususiy-lashti-rishdan tushum (Davlat ob'ekt-larini sotishdan tushum)

1

Jizzax shahri

30

0

100

100

100

100

0

10

100

100

50

Izoh: ***        Yer uchastkalariga bo'lgan xuquqlarni sotishdan tushgan pul mablag'lari

Budjet tashkilotlari asosiy vositalari sotilishidan tuman va shahar budjetiga tushumlar Viloyatga bo'ysunadigan tuman va shahar budjetining boshqa tushumlari

 

 

 

 

 

 

 

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining

2023-yil 29-dekabrdagi

VI-57-147-3-55-K/23-son qaroriga 4-ilova


Jizzax shahar mahalliy budjetining 2024 yil daromadlari rejasi

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi VI-57-147-3-55-K/23-son qaroriga 5-ilova

 

Jizzax shahar mahalliy budjetining 2024 yilgi yuqori budjetdan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari

ming so'mda

 

 

 

Shundan

 

 

 

Hudud nomi

Jami daromadlar

Mahalliy budjet daromadlar

O'tkazib beriladigan daromad (Aksiz mobil, Tamaki va alkogol)

Tartibga soluvchi transfert miqdori

Mahalliy budjet xarajatlari

Jizzax shahri

195 769 822

194 723 000

0,0

1 046 822

195 769 822

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining

2023-yil 29-dekabrdagi

VI-57-147-3-55-K/23-son qaroriga 6-ilova


2024 yil uchun "Fuqarolik tashabbusi jamgarmasi"ga ajratiladigan mablagmiqdori

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi VI-57-147-3-55-K/23-son qaroriga 7-ilova


Jizzax shahar mahalliy budjetida yo'l qo'yiladigan eng kam mablag'lar miqdori

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining

2023-yil 29-dekabrdagi

VI-57-147-3-55-K/23-son qaroriga 8-ilova


Jizzax shahar mahalliy budjetining zaxira jamg'armasi miqdori

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining

2023-yil 29-dekabrdagi

VI-57-147-3-55-K/23-son qaroriga 9-ilova

 

 

 

Qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo'yicha mutloq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar

 

 

 

Koeffitsiyent

Yer solig'i stavkasi

T/r

Hudud nomi

(0,7 dan 3,0

2023 yil uchun

 

 

gacha)

(ming.so'mda)

1

Jizzax shahar

1,15

70 380,0

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining

2023-yil 29-dekabrdagi

VI-57-147-3-55-K/23-son qaroriga 10-ilova

 

 

Jismoniy shaxslar bo'yicha (dehqon xo'jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallagan yerlardan tashqarimutloq miqdorda kv.muchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar

 

 

 

Koeffitsiyent

Yer solig'i stavkasi

T/r

Hudud nomi

(0,7 dan 3,0

2023 yil uchun

 

 

gacha)

(so'mda)

1

Jizzax shahar

1,20

768,0

 









Авторизация