ADLIYA MASLAHATXONASI

KO'CHMÀS MULKNING «SNOS»GÀ TUSHGÀN YOKI TUSHMÀGÀNLIGINI 

QÀNDAY BILSÀ BO'LÀDI? 

Hukumatimizning 200-son qarori bilan tasdiqlangan shu masalaga oid ma`muriy reglamentga ko'ra, ariza beruvchi bunday ma`lumotnomani olish uchun Davlat xizmatlari markazi-ga o'zi kelib murojaat etadi yoki YIDX portali orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tishi mumkin.

Davlat xizmatlarini ko'rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdori (330 000 so'm)ning 5 foizi miqdorida yig'im undiriladi. Davlat xizmati ko'rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig'im summasi (5 foiz)ning 90 foizi miqdorida undiriladi.

Davlat xizmatlarini ko'rsatish uchun yig'imni to'lamaslik xizmat ko'rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Ya`ni, talab qilingan pul  to'lanmasa xizmat ko'rsatilmaydi.

Faxriddin Àtaboyev, 

shahar adliya bo'limi

 yuridik xizmat ko'rsatish 

markazi boshlig'i

* * *

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqalarni hisoblash 

tartibi qanday?

Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan "Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida"gi nizom bilan tartibga solinadi. Nizomning 49-moddasiga asosan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. 

Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sug'urta badallari undirilib to'lanadigan jami ish haqi to'lovlari kiradi.

Nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan, mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda to'lana-digan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti bo'yicha emas, balki, ular hisoblab yozilgan vaqt bo'yicha ish haqiga qo'shiladi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta`tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug'urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqi-ga qo'shilib, o'rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.

Àvvalgi yoki joriy kalendar yilida ishga kirgan xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homila-dorlik ta`tili boshlangunga qadar ish davrida hisoblangan mukofotlar hisob-ga olinadi, lekin u dastlabki 12 oydan ko'p bo'lmaydi va ularning yig'indisi mana shu oylarning soniga bo'linadi. 

Nargiza Fayziyeva,  

shahar adliya bo'limi

 yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

* * * 

- Men 25 yil mehnat stajiga egaman. Lekin pensiyaga chiqadigan paytimda 9 yillik mehnat stajimni tasdiqlovchi yozuvlar arxivdan chiqmaganligi sababli menga kam miqdorda pensiya tayinlangan. Hozirgi kunga kelib meni o'sha 9 yillik mehnat stajimni tasdiqlaydigan hujjat topildi. Endi o'sha tasdiqlovchi hujjatga asosan pensiyam miqdori oshiriladimi yoki endi uni mehnat stajimga qo'shishning iloji yo'qmi?

L.Mardonova,

Jizzax shahri


- O'zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 938-XII-son Qonuni 49-moddasi pensiyani qayta hisoblash shartlari deb nomlanib, unga ko'ra, pensioner pensiya miqdoriga ta`sir ko'rsatuvchi qo'shimcha hujjatlarni taqdim etgan taqdirda pensiya qayta hisoblanishi kerakligi ko'rsatilgan. 

 Sizni, pensiyaga chiqishingizgacha bo'lgan o'sha 9 yillik mehnat stajingizni tasdiqlovchi hujjat pensiya miqdoriga ta`sir qiluvchi hujjat hisoblanadi. Ya`ni Siz o'sha tasdiqlovchi hujjatingizni  pensiya to'lab kelayotgan tashkilotga olib borib topshirsangiz, ular jami mehnat stajingizdan kelib chiqib, pensiyani qayta hisoblashi va hozir olib kelayotgan pensiyangizni stajingizga mos ravishda oshirib berishlari kerak.

Mahfuza Yoqubjonova, 

shahar adliya bo'limi

yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

* * * 

MODDIY YORDÀM NÀFÀQÀSI KIMLÀRGÀ BERILÀDI?

Hukumatimizning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, moddiy yordam farzandlari bo'lmagan yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo'lgan oilalarga va yakka-yolg'iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to'lanadi.

Moddiy yordam nafaqasi oilaning oylik jami daromadi kishi boshiga 498 ming so'mdan oshmaydigan oilalarga beriladi.

Doniyor Nizomov, 

shahar adliya bo'limi

yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti 

* * *

KREDIT BO'YICHÀ 

KÀFILLIK NIMÀ?

 Qonunchilikka ko'ra, kafillik, shart-noma bo'yicha boshqa shaxsning majburiyatini to'la yoki qisman bajari-shi uchun uning kreditori oldida javob berishni o'z zimmasiga olish hisoblanadi.

Àgar o'sha kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan, foizlar to'laydi, qarzni undirib olish bo'yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarma-ganligi tufayli kreditor (Kredit bergan bank) ko'rgan boshqa zararlarni ham to'lashga majbur.

Àlimjon Àrakulov, 

shahar adliya bo'limi

yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti

* * * 

QÀRZDOR BO'LMÀSÀ HÀM ÀVTOMOBILGÀ TÀ`QIQ QO'YILISHI MUMKINMI?

Quyidagi hollarda avtomobilga ta`qiq qo'yilishi mumkin:

- "Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunga asosan avtomobil egasining qarzdorligi bo'lgan holatda; 

- O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi "Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to'g'risida"gi yo'riqnomasiga asosan agarda mol-mulk (avtomobil) umumiy mulk obyekti bo'lsa, (er yoki xotinga ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo'lsa,) taraflardan birining iltimosiga binoan ta`qiq qo'yilishi mumkin.

- ko'chmas mulk yoki avtomototransport vositasi taraflar o'rtasidagi to'lov majburiyatlarini keyinchalik, ya`ni bitimda ko'rsatilgan ma`lum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga o'tkazilganda, notarius tomonidan taraflar o'rtasidagi to'lov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda ko'rsatilgan muddatga ko'chmas mulk yoki avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o'tkazishga taqiq qo'yiladi.

 - avtomobil garov bilan ta`minlangan majburiyatda garov narsasi bo'lsa, bunday holatda ham avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o'tkazishga taqiq qo'yiladi. Lekin bunday holatlarning barchasida taqiqni notariuslar qo'yishadi.

Mulkdorning hech qanday qarzi bo'lmagan holatda davlat ijrochisi tomonidan uning avtomobiliga ta`qiq qo'yilishi mumkin emas.

 Àbdulaziz Rahmatov, 

shahar adliya bo'limi

 yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti 

* * *

Transportlarni qisqa muddatli ijaraga olishda shartnomani notarial tasdiqlash talab qilinmaydimi?

Yengil avtomobillar va moto-transport vositalarini iste`mol maqsad-larida shartnoma asosida qisqa muddatli (30 kungacha) ijaraga olish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to'g'risi-dagi Nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi Qaroriga asosan bunday shartnomalarni notarial rasmiylashtirish va Ichki ishlar vazirligi-ning Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro'yxatdan o'tkazishni talab etmaydi.

Àbror Mamatov, 

shahar adliya bo'limi

yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti 

* * * 

MEROSGÀ EGÀLIK QILISH 

 Qonunchilikka ko'ra, merosxo'r o'ziga tegishi kerak bo'lgan merosni yoki o'z ulushini meros ochilgan vaqtdan boshlab olish huquqiga ega bo'ladi.

Meros ochilgan joydagi notarius merosxo'rning iltimosiga ko'ra unga merosga bo'lgan huquqi to'g'risida guvohnoma berishi shart.

Merosga bo'lgan huquq to'g'risi-dagi guvohnoma meros ochilgan kundan e`tiboran 6 oy o'tganidan keyin beriladi.

Notarius tegishli guvohnoma berish-ni so'rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo'rlar yo'qligi to'g'risi-da ma`lumotlarga ega bo'lsa, guvoh-noma 6 oy o'tmasdan oldin berilishi ham mumkin.

Àzamat Umirov, 

shahar adliya bo'limi 

bosh maslahatchisi

* * *

Mehmonxonalar mulkdorlari umu-miy xonalar fondining kamida bitta xonasini o'rindiqli aravachadan foydalanadigan, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlashi, shuningdek, eshitish va ko'rish bo'yi-cha nogironligi bo'lgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq e`lonlar uchun displeylar hamda ovozli quril-malar o'rnatilishini ta`minlashi shart.

 Àsos: O'zbekiston Respublikasi nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi Qonunining 25-moddasi.

D.Inomov,

shahar adliya bo'limi 

Davlat xizmatlari markazi 

bo'lim boshlig'i 

* * *

Haydovchiga transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vosita-lari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ta`sirida yoki o'zgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e`tiborni susayti-radigan dori-darmonlar ta`sirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish taqiqlanadi.

Àsos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi qarori.

À.Umiraliyev,

shahar adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi 

katta mutaxassisi


Авторизация