ERTANI YORITUVCHI NUR

Xotira va Qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga ega. Ayniqsa, insoniyat ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu-jadalda qahramonlarcha halok bo'lganlar xotirasini insoniyat aslo unutmaydi.


Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug'. O'tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e'zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardan biri. Qolaversa, bugun tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi. Xalqimizga xos bo'lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat  ushbu ayyom misolida ham yorqin namoyon bo'ladi.

Ikkinchi jahon urushi dahshatlarining guvohi bo'lgan kishilar tobora kamayib bormoqda.

Yoshlikning navqiron chog'larini urush olovlarida, janggohlarda o'tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati tahsinga loyiq.

Shu o'rinda Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan bobolarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimiz-ga, og'ir kunlarni sabr bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o'zligini yo'qotmagan yurtdoshlari-mizga ehtirom ko'rsatish tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi. Bu hol yoshlarni yurtparvarlik, mehnatsevar-lik, ajdodlarimizning eng yaxshi an'analaridan faxrla-nish, ularga munosib vorislar bo'lish ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbari shun-day degan edilar: “Tarixiy xotira – bu avvalo, hayot mazmunini, avlodlar o'rtasi-dagi vorisiylik tuyg'usini anglash demakdir”.

Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo'lida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi kunimizni qadrlashga o'rgatadi. Xotira bu – tarixdir. U kechagi  o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. 

Farangiz QULMATOVA,

shahardagi 3-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining

ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi


* * *

Xotira - bu yaqin o'tgan o'tmishni, ajdodlar jasoratini, milliy-ma'naviy merosni unut-maslikdek yuksak tushuncha. Qadr insonni ulug'lovchi, uning buyuk ekanligini ko'rsatuvchi fazilatdir. Bukilmas iroda va metindek jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z jonini, hayotini aziz Vatanimizning bir hovuch tuprog'i, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun fido etgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e'zozlash insoniylikning, Xotira va Qadrlashning eng oliy mezoni sanaladi. Ayniqsa, tarix sahifalarini varaqlab, o'tganlar-ning xayrli ishlarini yodga olmoq savob ishdir.

Urush, sening nomingni qoralamoqqa qalamim ham ojizlik qiladi. "Urush, noming o'chsin jahonda!", - deya baralla aytgim keladi. Butun dunyoni zir titratgan bu mash'um fojia ne-ne insonlarning yostig'ini quritdi, qanchadan-qancha odamlarni oilasidan judo etdi, ayollarni bevalikka, go'daklarni yetimlikka giriftor qildi. Har gal "Xotira kitobi"ni varaqlaganimda ko'zimga yosh keladi.

Inson qadri haqida so'z ketganda, albatta, ulug' ajdodlarimizning mangu xotirasi, shunday tinch kunlarimizning sababkorlarini eslash joiz. 

Kecha 9-May - Xotira va qadrlash kunini nishonladik. Ha, bu aziz diyorimizda bobolarimizning muqaddas xoki yotibdi. Ta'kidlash lozim-ki, bu kunda o'zbek xalqiga xos mehr-oqibat, ajdodlarga ehtirom singari yuksak fazi-latlar yana bir marta o'z aksi-ni topadi. Musaffo osmoni-miz, bugungi to'kin-sochin hayotimiz, bolajon-larning shirin kulgu-lari, keksalarning yuzidagi nur shu ajdodlarimizning yurt uchun qilgan fidoyiliklari samarasi, albatta. Har gal Xotira va Qadr haqida qog'oz qoralaganim-da shukronalik tuyg'usini his etaman. Olloh bizni inson etib, ongli mavjudot etib yaratganining o'zi bir baxt. Tong sahardan kulib boqqan quyosh, ota-onam quchog'i-da o'tayotgan har bir baxtli soniyam bir baxt. Bu baxtli lahzalarning sababchilari bo'lmish buyuk ajdodlarimiz xotirasini eslash, ularning ezgu ishlarini davom ettirish, ularga munosib avlod bo'lish har birimizning vazifamiz. 

Zero, shoir Xurshid Davron yozganidek:

Xotira bor ekan, tirikdir millat,

Tirikdir iftixor, tirikdir g'urur.

Xotira - elni xalq etguvchi qudrat,

Xotira - ertani yoritguvchi nur.

Iroda BAHRONOVA,

Navoiy davlat pedagogika instituti

o'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi



Авторизация