HAR BIR QARICH YERNING HISOBI BOR
Yer – umummilliy boyligimiz. Undan unumli, samarali va belgilangan maqsadda foydalanish lozim. Yurtimizda har bir qarich yerning hisobi bor.
Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidan olib borilgan nazorati tadbirlarida jami 1554 ta yerga oid huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
Eng ko‘p holatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Jizzax shahrida -230 ta
Paxtakor tumani -218 ta
Arnasoy tumani -189 ta
Ayni kunlarda esa viloyat hududlarida yer nazorati kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. O’rganishlaer davomida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli Qonuniga zid ravishda qurilish ishlarini amalga oshirayotganlik holatlari ham aniqlanmoqda.
Xatlov haqida xabarlar tarqalgach va O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli Qonuni e'lon qilinib, kuchga kirgach ayrim “uddaburon”lar tezkorlik, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga imorat qura boshladi. Ular “bu uyni 10-15 yil avval qurganman, deb hujjatlashtirib olaman”, deya o‘ylashi natijasida hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilish holatlari ko‘paygi.
Ammo “Qonun chiqsa, uyimga hujjat qilib olaman” deb noqonuniy qurilish boshlab yuborganlar xato o‘ylashadi. Sababi, Kadastr agentligida yerlarning holatini o‘rganish bo‘yicha kosmik syomkalar, xaritalar bor. Ular yordamida 5-10 yil, hatto 20 yil ortga qaytib tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazish mumkin. Bu jarayonda ular nafaqat moddiy zarar ko‘rishi, balki javobgarlikka ham tortilishi mumkin. Sababi birinchidan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilish qilganligi uchun qonunchiligimizda ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.
Shu o‘rinda Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi fuqarolardan noqonuniy qurilish qilmasliklarini, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklarni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda esa o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlarini so‘rab qoladi.
N. SIDIKOV,
Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i