INSPEKTORLARGA PLANSHET TAQDIM ETILDI

Ma’lumki, yer maydonlaridan foydalanishda davlat nazoratini asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iboratdir. Bu borada mamlakatimizda har bir qarich yerning aniq hisobini yuritish, yer va kadastr nazorati borasida manzilli chora-tadbirlar ko‘lami va sifati yil sayin oshirib borilmoqda. Jumladan, 2023-yil 21-noyabrda Davlatimiz rahbari raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham Kadastr agentligiga ham bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Aytish kerakki, ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash va yer nazorati borasidagi qonunchilikka asosan Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Prezidentimizning 2020-yil 7-sentyabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik, umuman, mamlakatimizda yer nazoratini amalga oshirish maqsadida Kadastr agentligi, Bosh prokuratura hamda “O‘zbekkosmos” agentligi hamkorligida “E-Yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizim yaratilishi natijasida yer va kadastr nazorati sohasida, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashda samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”               2020-yil 7-sentyabrdagi PF–6061-son Farmoniga muvofiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish maqsadida Kadastr agentligi, Bosh prokuratura hamda O‘zbekkosmos agentligi hamkorligida “E-Yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirilishi munosabati bilan ZOOM orqali taqdimot ham bo‘lib o‘tgan edi.

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini barvaqt aniqlash hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanishi ustidan qat’iy nazoratni o‘rnatish, shuningdek, davlat yer va kadastr nazoratini maxsus planshetdan foydalangan holda amalga oshirish, natijalarini joyning o‘zida elektron tarzda rasmiylashtirish tizimini joriy etish maqsadida Kadastr agentligi tomonidan Jizzax viloyat boshqarmasiga 46 ta planshet taqdim etildi va ushbu moslamalardan to‘g‘ri foydalanish tartibini xodimlarga tushuntirish va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatish yuzasidan amaliy-o‘quv seminari ham tashkil etildi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki,” E-Yer nazorat" ATT dasturi orqali yerlarni o‘zboshimchalik bilan bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni oldindan aniqlash mumkin. Dasturning yana bir ustunligi, kosmik suratlarni qayta aniqlash orqali o‘zboshimchalik bilan egallangan er uchastkalarini va noqonuniy binolarni aniqlash mumkin. Yerlarni nazorat qiluvchi inspektorlarga berilgan maxsus planshetlar orqali esa "O‘zbekkosmos" agentligi olgan suratlar bilan belgilangan hududni solishtirish natijasida qonunbuzilish holatlarini aniqlay oladi.

Bir so‘z bilan aytganda, “E-Yer nazorat” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali nazorat o‘rnatilishiga erishildi.

 

N. Sidikov, 

Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i.


Авторизация