OBOD MAHALLADAN - FAYZ ARIMAS

Shahrimizdagi "Zargarlik" mahallasida "Obod xonadon - obod ko`cha - obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat ko`rgazmali seminari bo`lib o`tdi.

Seminarda ishtirok etgan shahar va tuman hokimlari o`rinbosarlari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ham-da ommaviy axborot vositalari xodimlari "Zargarlik" mahallasida amalga oshiril-gan bunyodkorlik ishlari, viloyat mar-kazida ma'nan eskirgan ko`p kvartirali uy-joylarni renovatsiya qilish, 24/7 xizmat ko`rsatish va gastronomik ko`cha loyi-halarining taqdimoti bilan tanishishdi. 

Hududdagi jami 223 xonadondan iborat 4 ta to`rt qavatli uyni mukammal ta'mirlashning namunaviy loyihasi "Qish-loqqurilishloyiha" davlat muassasasi Jizzax filiali tomonidan ishlab chiqilgan. Xonadonlarning fasad qismlari bazalt bilan qoplandi. Ta'mirlash va hududdagi obodonlashtirish ishlari uchun 5 mlrd so`m mablag` sarflandi.

Aytish joizki, joriy yilda shahrimizda yana 117 ta ko`p qavatli uy mukammal ta'mirlanadi. "Madaniyat" va "Toshloq" mahallalari hududidagi 1960-1970-yil-larda qurilgan 2 qavatli 99 ta uy o`rniga zamonaviy turarjoy binolari majmuasi quriladi. 

Rahmatilla YUNUSOV

("Jizzax ovozi").


Авторизация