JIZZAXDA "YANGI O'ZBEKISTON" MASSIVI BARPO ETILMOQDA

2022-yil 17-aprelda O'zA orqali Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Oqtosh ota" mahalla fuqarolar yig'ini hududida qurilishi rejalashtirilgan "Yangi O'zbekiston"massiviga tamal toshi qo'yilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu "Yangi O'zbekiston" massivi kechagina qir-adirlardan iborat yaydoq hudud huvillab yotgan dasht edi. Bu joyda ayni paytda kichik shaharcha qad rostlamoqda. Barpo etilayotgan birinchi 16 qavatli ko'p xonali uy foydalanishga topshirishga tayyor.

Qurilib bitkazilgan mazkur 16 qavatli turar joyning har bir qavatidagi 5 tadan ikki va uch xonali, 80 oilaga mo'ljallangan yangi xonadonlarning kalitlari bugun-erta "Yangi O'zbekiston" massiviga ko'chib keladigan fuqarolarga topshiriladi.

Har bir xonada pardozlash ishlari did bilan amalga oshirilgan, barcha kommunikatsiya tarmoqlari to'liq o'rnatilgan. Inshootlar yangi innovatsion texnologiya, energotejamkor materiallardan bunyod etilmoqda. Obyektlarning tashqi devoriga qish mavsumida sovuqni, yozda jazirama issiqni o'tkazmaydigan, Jizzaxda ishlab chiqarilayotgan, energiyatejamkor bazalt plitalari o'rnatilmoqda.

 - "Yangi O'zbekiston" massivida bo'y rostlagan 16 qavatli binolardan birining zilzilaga bardoshliligi mamlakatimiz poytaxtida faoliyat yuritayotgan Turin politexnika instituti Toshkent filiali malakali mutaxassislari tomonidan maxsus sun'iy zilzila qila oladigan vibrodina-mik uskunasi bilan sinab ko'rildi, - deydi Jizzax viloyat Hududiy qurilish nazorat inspeksiyasi inspektori Akbar Abdurazzoqov. - Ushbu sinovga bino 100 foiz bardosh berdi. Fuqarolarimiz "Yangi O'zbekiston" massivi-da qurilayotgan uylarning eng baland 16-qavatida ham hech qanday xavotirsiz bemalol yashashi mumkin. Bunga kafolat beramiz.

Shu bugungi kunda massivda yuzdan ortiq turli qurilish texnikasi, mingdan ortiq respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan va mahalliy quruvchi-muhandis-lar g'ayrat bilan mehnat qilmoqda. 1 ta 16 qavatli uy foydalanishga topshirishga tayyor qilib qo'yilgan bo'lsa, 3 ta 16 qavatli, 17 ta 9 qavatli uy-joy ham qad ko'tarmoqda.

- Ayni paytda "Yangi O'zbekiston" massividagi bunyodkorlik ishlarida respublikamizning turli hududlaridan kelgan 24 ta qurilish kompaniyasi va mas'uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari astoydil mehnat qilishyapti, - deydi Jizzax viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo'jalik masala-lari bo'yicha o'rinbosari Hamid Hasanov. - Rejaga ko'ra, massivda jami 105 ta uy-joy qurilishi belgilangan.  

2026-yilga borib bu massivda 4 ming 500 ta oila istiqomat qiladi. Barpo qilinayotgan har bir inshootda elektr energiyasi, tabiiy gaz, oqova suv va toza ichimlik suvi hamda kanalizatsiya tarmoqlari kabi kommunal xizmatlar bilan bog'liq masalalar to'liq hal etilgan.  

Bundan tashqari, massiv-dagi 100 gektar maydonda xitoylik investorlarning taklif va loyihalari asosida innovat-sion texnopark va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini qurish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

-"Yangi O'zbekiston" massivida turar joylardan tashqari, 1680 o'rinli maktab, 300 o'rinli davlat maktab-gacha ta'lim tashkiloti, oilaviy poliknilika, 2 ta sun'iy qopla-mali mini futbol stadioni, yopiq sport kompleksi, suzish basseyni, test markazi, bolalar va yoshlar uchun akfa-park, savdo va maishiy xizmat ko'rsatish shoxobcha-lari, gipermarket, mehmon-xona, ekobozor, avtoturar-goh, avtoshohbekat, AYOQSH va elektromobillar uchun quvvatlantirish shoxobchasi kabi 30 ta obyekt barpo etiladi, - deydi viloyat qurilish va uy joy kommunal  boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Bobur Mamatov. - 50 gektarlik "Yangi O'zbekiston bog'i" ham kelajakda hudud aholisi va mehmonlari uchun madaniy hordiq maskaniga aylanadi.

- "Yangi O'zbekiston" massividagi barpo etilayotgan uylarni isitish maqsadida qiymati 50 milliard so'mlik ko'mir bilan isitadigan gigant qozonxona o'rnatmoqdamiz, - deydi "Fayz kommunal qurilish" MCHJ boshlig'i o'rinbosari Zokir Mamarasulov. - Ushbu qurilma Turkiyaning "MIMSAN GROUP" kompani-yasi energotejamkor texnolo-giyasi asosida yaratilgan.Bu ulkan qozonxona yuqorida aytganimdek, ko'mir yoqil-g'isida ishlaydigan, hozircha O'zbekistonda yagona qurilmadir. Kuz-qish mavsu-mida ushbu markazlashgan qozonxonada oyiga 50 ming tonna ko'mir sarflanadi. Eng asosiysi, yangi innovatsion texnologiya usulida ishlay-digan qozonxonada ko'mir uchta bosqichda filtrdan o'tadi. Bu esa ko'mir mahsulotini tejab, ortiqcha sarf-xarajatlarga yo'l qo'y-maydi, havoni ifloslantirish darajasi o'ta past bo'ladi.

Yana bir e'tiborli jihati, massivda qurilayotgan har bir inshoot tomiga quyosh foto-elektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari ham o'rnatilmoqda. Bu quyosh panellari kundalik rejim tizimida ishlab, suvni me'yor darajasidagi isitib beradi. Quyosh fotoelektr stansiyalari esa elektr energiyasini iqtisod qilish maqsadida o'rnatilmoqda.  

Nasib bo'lsa,  Jizzax vilo-yati Sharof Rashidov tumani-dagi "Oqtosh ota" mahalla fuqarolar yig'ini hududida barpo etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivi viloyat jamoliga ko'rk  bag'ishlaydi.

A.Qayumov, 

J.Yorbekov (surat), 

O'zA


Авторизация