"INTIZOR KO'ZLARDA HALQA-HALQA YOSH"(2022 YIL PUBLITSISKASI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR

Saida Ibodinovaning "Buzila-yotgan qo'rg'on, bo'linayotgan bolalar. Oilaviy ajrashishlar yildan-yilga oshmoqda, muammo nimada?" maqolasi o'ta tashvishli holdan hikoya qiladi ("Oila va tabiat", 2022-yil 23-iyun). Sir emas, respublikamizda oilaviy ajrashishlar keskin oshib boryapti. "Kun.uz" sayti tarqat-gan ma`lumotga ko'ra, O'zbekistonda 2021-yilning birinchi yarmida oilaviy ajrimlar soni 2020-yilning olti oyiga nisbatan 34 foizga ortgan. 2021-yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo'yicha 19 407 ta ajrim holatlari kuzatilgan. Taqqoslash uchun, bu ko'rsat-kich 2020-yilning mos davrida 12,8 mingta yoki 2019-yilning shu davrida 16 mingtani tashkil qilgan. 

"Sangzor.uz" sayti Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari R.Turdiboyeva axborotiga asoslanib yozishicha, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 40 200 ta oilaviy ajrimlar qayd etilgan. Eng ko'p ajra-shishlar Toshkent shahrida ro'yxatga olinmoqda ekan.

 Bu bexosiyat raqamlar juda dahshatli manzara - jamiyat ildiziga qurt tush-ganidan, darhol davo choralari topilmasa, ertaga kech bo'lishidan darak beryapti. 

"Bi-bi-si" ma`lumotiga ko'ra, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mi-tasi 2018-yilda oilalarning barbod bo'lishiga olib kelayotgan asosiy sabablarni tahlil qilib chiqadi. Àjrimlarga eng ko'p sabab bo'layotgan beshta omilga e`tibor bering:

1. Uy-joy masalasi.

2. Ishsizlik.

3. Moddiy yetishmovchilik.

4. Yoshlarning mustaqil hayotga tayyor bo'lmasdan oila qurishi.

5. Er yoki xotinning ishlash uchun boshqa mamlakatlarga ketib qolishi.

Taniqli adib Sobir O'nar "Ikki mafkura odamlari" maqolasida inson va jamiyat hayotida maf-kuraning nechog'lik katta kuch-ga ega ekanini dalillab, "Jami-yatga mafkura kerak" degan edi. "Ilm, ilm, ilm" deya takrorlagan adib xulosasi juda iztirobli: "Bundan o'ttiz yil oldin eng katta islohot maktabdan, o'qish sifatini yaxshilashdan boshlanganida nima bo'lardi? Bugunga kelib qanday natijalarga erishardik? Tasavvur qiling, axir! Ilmga ko'p e`tibor qaratilganida salohiyatli olimlar xorijga ketmas edi. Maktabni, ayni shahar maktab-larini bilimli erkak o'qituvchilar yoppasiga tashlab, tirikchilik tashvishiga tushib qolmas edi. 

Biz ilm nufuzi va salohiyatini o'z qo'limiz bilan yo'qotib yubordik" ("O`zAS", 2022-yil 22-iyul).

Marhum adib ta`kidlagan ilm mahzani oilada. Biz tomonda bola biyadan, degan naql bor. Jadidlar o'tgan asr boshidayoq ayollarni ma`rifatli qilmasdan millatni ma`rifatli qilish qiyin kechishi haqida bejiz yozmagan. 

So'zimiz ma`rifat va muallim mavzusiga kelib taqaldi. 

"MUÀLLIM HÀQIDÀ SO'ZIM USHBUDIR..."

Zilola Madatovaning "Erkak o'qituvchi: "Fidoyilik oila talab-lariga mos kelmayapti!" sarlav-hali maqolasini o'qib, ustoz Shukur Xolmirzayevning "Vatan-parvarning ham tomog'i bor" degan gapi yodimga tushdi. Maqolada bir necha o'n yillik muammo - maktabni erkak o'qituvchilar tark etgani sabablari tahlil etilgan. Sir emas, chorak asr muqaddam Rossiyaga, Koreyaga, Qozog'istonga, Toshkentga mardikorchilikka chiqib ketgan erkak o'qituv-chilarning ma`lum bir qismi maoshlar oshgani uchun maktabga qaytdi. Bugungi kunda Xalq ta`limi tizimida erkak o'qituvchilar ulushi 32 foizni tashkil etadi. Bu kam. Àslida, teskarisi bo'lishi kerak. Zilolaxon Turkiyada boshlang'ich sinf o'quvchilariga erkak o'qituvchilar dars berishi, bizda nafaqat boshlang'ich sinflarda, balki ona tili va adabiyot, aniq va tabiiy fanlardan ham erkak o'qituvchilar kamayib borayotgani haqida yozadi ("Ma`rifat", 2022-yil 22-iyun). 

Darvoqe, maosh. O'qituvchi-ning maoshi bozordagi narx-navo oldida juda arzimas bo'lib qolyapti. Maqolada bu muammo hayotiy misollar bilan tahlil etilgan.

Zilolaxonning "Ma`rifat"ning 21-sonidagi "Bizga qay biri kerak: bir uyum hisobotmi yoki bilimdon avlod?" maqolasida maktab ta`limi tajriba-sinov maydoni bo'lib qolgani, o'qituv-chilar bilim berishga emas, turli jamoat tadbirlariga jalb etilayot-gani haqida fikr yuritiladi. Buning oqibatida, maqolada yozilgani-dek, maktablar bolalarga o'quv markazlaridek samarali bilim berolmayapti.

"Ma`rifat" bongiga quloq tutaylik: kitobxonlikning yo'qol-gani, ommaviy saviyaning sayoz-lashgani oqibatida bolalar inshoni "ko'cha tili"da yozyapti!

Humoyun Quvondiqovning "Maktablarni yopib, "Yor-yor" ochaylik!" maqolasida "Zo`r TV" telekanalidagi "Yor-yor", "Mening yurtim 5" telekanali-dagi "Amirxon shou" ko'rsatuv-lari jamiyatimiz ma`naviy qiyofasi-ni buzishga bel bog'lagani, ommaviy saviyasizlikka, bachka-nalikka yo'l ochayotgani qalamga olingan ("Ma`rifat", 2022-yil 18-may). 

O'tgan yili mamlakat rahbari bilan bo'lgan muloqotda bir guruh poytaxtliklar "Yor-yor" ko'rsatuvi milliy ma`naviyatga zarar keltirayotganini ta`kidlash-gan edi. 

Humoyunning "Bizga shuna-qangi manqurtlar, qullar kerak ekan, unda siz o'qituvchilarning maktablarda jon kuydirib, vatanparvarlik, yaratuvchanlik, insoniy kamolot haqida kuyib-pishib dars o'tishingizning nima keragi bor? Balki shuning uchun ta`limdagi muammolarga jiddiy e`tibor berishmas" degan so'zlari afkor omma xulosasiga hamohang. Serg'ayrat Humoyun mavzuni chu-qurroq o'rga-nish maqsadida bo'lajak mual-limlar davrasiga yo'l oladi. Uning "Biz maktabda ishlamaymiz!" maqolasi kelajak haqida shirin xayollarda yurgan o'quvchini seskantiradi. Sababi, maqolada o'qituvchilikni tanlab oliy o'quv yurtini bitirayotgan talabalarning maktabga borish niyati yo'qligi, bozorga chiqishni, do'kon ochishni, hech bo'lma-ganda bir yilcha Rossiyada ishlab kelishni reja qilayotgani haqida so'z boradi ("Ma`rifat", 2022-yil 18-son). 

 Yana o'sha gap - maosh. O'qituvchining arzimas moyanasi bugungi yoshlar ehtiyojiga muvofiq emas. 

Oltinsoylik muallim Normamat Eshonqulov "Ta`limga himoya zarur yoxud hokimlarning xurma-cha qiliqlari" maqolasida jamiyat-da muallimning mavqe, o'rni, izzat-hurmati hali-hanuz quyida qolayotgani haqida yozilgan. Samarqanddagi "Noutbuk vo-qeasi", Àndijondagi "Uzr so'ra-tish" voqeasi hokimlarning maktabga zo'ravonlarcha arala-shuviga bir misol ekani ta`kid-lanadi ("Ma`rifat", 2022-yil 2-mart). 

 Àndijonlik Muzaffar Ismoilov mutasaddilarga "Muallimning obro'si tiklanadimi?" deya muro-jaat etgan ("Ma`rifat", 2022-yil, 10-avgust). Jonsarak ustozning "Moddiy muhtojlik ma`naviy qashshoqlikka olib keladi" degan xulosasi ta`lim mas`ullariga yetib bordimikan? 

Gazeta, shuningdek, "O'qi-tuvchi robot emas!" (2022-yil 3-avgust), "Muallimning dardi ichida" (2022-yil 20-iyul), "Ta`limga tegmang, yaxshilar!" (2022-yil 14-iyun) kabi qator maqolalar berdiki, vijdoni bor odam o'qisa, tinchini yo'qotishi aniq. 

Qishloq maktablarida internet, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati cheklan-gani, ayrim maktablardagi kompyuter sinfxonalari "xo'ja-ko'rsin"ga tashkil etilgani hech kimga sir emas. Shunday sharoitda o'quvchilarga baholi qudrat saboq berayotgan muallimni kalaka qilish qaysi mezonlarga to'g'ri keladi? 

"Juvon"bozlikka ko'nikkanlar jizzaxlik Hulkar Safarovaning "Zamonaviy kompyuterlar orzuli-gicha qolaveradimi?" maqolasini o'qisin ("Ishonch", 2022-yil, 17-fevral). 

"Milliy tiklanish" gazetasining 2022-yil 36-sonida Mahbuba Karimovaning "O'qituvchining yoqasidan qo'lingni tort, nomard!" sarlavhali maqolasi chop etilgan. Mahbubaxon mak-tabda targ'ibotchi bo'lib ishlagan chog'ida tajribali ustozning ko'zi to'la yosh maktabni tark etganini iztirob bilan hikoya qiladi. Muxbirning yozishicha, tarbiya-siz, kaltafahm ota-onalar yosh muallimlar u yoqda tursin, o'ttiz yil maktabning changini yutgan ustozlarni ham haqoratlashni o'zlariga odat qilishgan.

Faxriy jurnalist Muhiddin Omadning "O'qituvchini qachon-gacha ayblaymiz?" sarlavhali maqolasi ham og'riqli mavzu tahliliga qaratilgan. Maqolada "Ustozlar o'quvchilarni o'qitsin-mi, tarbiyalasinmi yoki ko'chaga chiqib nazorat qilsinmi?!" degan jiddiy savol o'rtaga tashlanadi. O'qituvchilarga taalluqli bir qator muammolar tahlil etilib, shunday xulosaga kelinadi: "Xo'sh, bun-day ko'ngilsiz voqealarning kelib chiqishining asl aybdori kim? Nima uchun aynan o'smir yigit-qizlarimiz haddilarini bilmayap-tilar? Nima uchun ota-onalar hamma yomonlikning sababini birovlardan qidirishadi? Àxir har kim o'z farzandi uchun javobgar emasmi? Rasmiy ma`lumotlarga qaraganda, aynan maktablarda bitiruv kechasi o'tkazilgan kuni mamlakat bo'yicha 47 ta holatda voyaga yetmaganlar tomonidan transport vositalari boshqaril-ganligi aniqlangan. Bular qo'lga tushganlari. Tushmaganlari qan-cha? Surishtiruvlardan so'ng bolalarga mashina boshqarishga ruxsat bergan shaxs "mehribon" onasi yoki "hotamtoy" akasi bo'lib chiqdi. Lekin aybdorlar bir chetda qolib, maktab jamoasi muhokama qilindi. Birovning bolasini o'z bolasidan aziz ko'rib, ta`lim-tarbiya berishga jiddu jahd qilgan ustozda nima gunoh. Ustoz bolalarni o'qitsinmi, tarbi-yalasinmi yoki ko'chaga chiqib nazorat qilsinmi?" ("Adolat", 2022-yil 21-son). 

Gazetaning 2022-yil 14-oktabr kunidagi 40-sonida "Ustozga munosabat shumi?!" maqolasida Namangan viloyati-ning Kosonsoy tumanidagi 29-umumta`lim maktabi o'quv-chisining "ustozga ko'tarila-yotgan qo'llari" haqida so'z yuritiladi: "... Biroq birozdan so'ng tartibbuzar yana fizika xonasida paydo bo'ladi va ustozga musht o'qtalib, hujum qiladi. Sinfdagi boshqa o'quvchilar ko'magi bilan janjalga chek qo'yilgan." Àfsuski, jamiyatimiz-da o'quvchilarning o'z o'qituv-chilariga qo'l ko'tarishdek yomon illat borayotganidan ham ko'z yuma olmaymiz.

"Ishonch" gazetasining 2022-yil 11-sonida o'qiganim - "Dars-liklar har yili qayta chop etilishi shartmi?" maqolasida har yil darslik chop etish byudjet mablag'larining behuda sovurili-shiga sabab bo'lishi, xalq ta`limi va matbaa tizimida korruptsiyaga yo'l ochishi aytib o'tilgan. Gazeta bu mavzuni davom ettirib, professor Baxtiyor Mengli-yevning "Darslik yaratish - amalda tizimli jarayon(mi?)", Zebo Namozovaning "Yana... darsliklar muammosi", Zuhra Àsadovaning "Titilib... tikilib yotgan yoxud bir chorakka ham chidamayotgan darsliklar. Bu korruptsiya emasmi?" kabi maqolalar e`lon qildi. 

* * *

Matbuot – jamiyat ko`zgusi. Jamiyat qanday bo`lsa matbuot ham shunday bo`ladi yoki aksincha. Fidoyi jurnalistlar bir ota-onaning bolalariday gap. Kuyunchak qalamkash bitgan maqolasi uchun rahmat o`rniga tahqirlansa, davlat ishlariga o`rinsiz aralashish deb baholansa – urdi Xudo! Bunday jamiyatning kelajagi bo`lmaydi. 

Matbuot fidoyilarining ojiz banda o`laroq bir orzusi bor. Qani edi, matbuotdagi tanqidiy mate-rialga bepisand munosabatda bo`lgan vazir yoki hokim Prezident Farmoni bilan vazi-fasidan ozod etilsa! 

Bir olimdan “Xalqimizning psixologik portreti qanaqa?” deya so`raganimda, u menga siniq jilmayib, “Biz boshqarilishga moyil xalqmiz...” degan edi. Shundan beri ko`nglimda “boshqaruvchi xalqlar asli obi gil emasmikan”, degan ishtiboh bor. “Tepa”ga qarab turishimiz bejiz emas ekan. Matbuotni o`gaylash siyosatini “tepa”ning o`zi o`nglasin-da, ishqilib.

Olim TOSHBOYEV,

filologiya fanlari nomzodi,

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalis


Авторизация