Biroq hozir bu haqda emas, balki maftunkor tabiatga ega “Zomin davlat qo‘riqxonasi” haqida yozmoqchimiz.
“Zomin davlat qo‘riqxonasi” Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin tumanlari hududida joylashgan bo‘lib, Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, “Baxmal” fermerlar uyushmasi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi, “Zomin milliy tabiat bog‘i” qo‘shni Tojikiston Respublikasi davlat chegarasi bilan chegaradosh. Qo‘riqxonaning umumiy maydoni 26 ming 840 gektarni tashkil etadi. Chegaradosh hududlardagi qo‘riqxona chegarasida 1,5-2 kilometrgacha masofada 8 ming 770 gektar qo‘riqlash maydoni mavjud.
1 ming 500 dan 2 ming 500 yoshgacha bo‘lgan noyob tabiiy archazorlarni va archazorlardagi hayvonot hamda o‘simlik dunyosini asrash maqsadida 1928-yil Turkiston tog‘ tizmasida “Zomin tog‘ archazorlari” Davlat qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Mazkur qo‘riqxona hududidagi vuqorli tog‘lar dengiz sathidan 1 ming 700 metrdan 4 ming 29 metrgacha balandlikka ega uch zonani – tog‘larning pastki, o‘rta va yuqori qismlarini o‘z ichiga oladi.
Qo‘riqxona yerlari tarkibiga asosan tog‘ tizimlari kirib, hududning janubiy qismi Turkiston tog‘ tizmasining tik jarliklaridan, shimoliy qismi esa biroz tekisroq relyefli supalardan iborat. Ushbu hududlarda “Qizil kitob” ga kiritilgan qo‘ng‘ir tog‘ ayig‘i, shuningdek, bo‘ri, tulki, jayra kabi yirtqichlar, tog‘ echkisi, to‘ng‘iz kabi o‘txo‘rlar, kaklik, bedana, bulbul kabi sayroqi qushlar ham qo‘nim topgan.
Fazlulloh MANSUROV,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi