GADJETLAR YAXSHIMI?

Gadjet ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, moslama, qurilmalarning umumiy nomini anglatadi. 

Bu moslamalar kundalik turmush tarzimizning ajralmas qismiga aylanib bo‘ldi. Àmmo hayotimizni sezilarli darajada yengillashtirayotgan bu qurilmalardan to‘g‘ri foydalanmaslik inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazish mumkin. 

Uyali telefonlardan nurlanish to‘g‘risida so‘z ketganda dastavval, nurlanish nima, degan savolga javob topish lozim. Nurlanish - elektromagnit quvvatning shaklidir. Elektromagnit nurlanishning ikki xil ko‘rinishi - ionlashtiruvchi va ionlashtirmaydigan turlari mavjud. Ionlashtiruvchi nurlanish yoki radiatsion muhit inson sog‘lig‘i uchun halokatli ta`sir ko‘rsatishini yaxshi bilamiz. Ionlashtirmaydigan nurlanish - jism yoki tirik organizmlardagi atom va molekulalarga ta`sir o‘tkazishi uchun past quvvatga ega bo‘lgan nurlanishlardir.

Uyali telefonlar o‘zlaridan ionlashtirmaydigan elektromagnit nurlari shaklidagi signallar tarqatadilar. Telefonlar insonning bosh qismi sohasi yaqinida ko‘proq ishlatilishini e`tiborga oladigan bo‘lsak, nurlarning bir qismi bevosita miyaga singishi, masalaning tashvish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan jihatidir. Nurlanishning bu turi zararsiz bo‘lib ko‘rinsada, uyali telefon orqali uzoq vaqt so‘zlashish organizm uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Quyida telefondan xavfsizroq foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni keltiramiz.

Gadjetlarning imkon qadar tana bilan muloqotining oldini olish, telefonni imkon qadar boshdan uzoqroqda tutish tavsiya etiladi.

Uyali telefonda so‘zlashish vaqtini kamaytiring. Àloqa signali past darajada bo‘lgan hollarda telefonlardan foydalanmang. Telefoningiz ekrani past darajadagi signal ishorasini namoyon etgan vaqtda, apparat uyali aloqa antennasiga ulanishga harakat qilib, ko‘proq quvvat sarflashni boshlaydi va bu o‘z navbatida nurlanish darajasini yanada oshiradi.

Gadjetlar, uyali telefonlarning himoya g‘iloflariga e`tiborli bo‘ling, tarkibida metall va magnit bo‘lgan g‘iloflar aloqa signallarini yomonlashtiradi. Bu esa o‘z navbatida moslama tomonidan ko‘proq quvvat sarflanishiga, nurlanish darjasining yanada ortishiga olib keladi.

Farzandlaringizga e`tiborli bo‘ling! Ularning telefonlarini, noutbuklarini, planshetlarini, "aqlli soat"larini va boshqa elektron qurilmalarini ham nazoratda tuting.


D. Mirzaahmedov, 

O‘zbekiston "Milliy tiklanish"

 demokratik partiyasi Jizzax viloyati Kengashi raisi,

 Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati



Авторизация