EKOLOGIYANING SALOMATLIKKA TA'SIRI

Bugungi kunda havo, suv va tuproqning ifloslanishi aholi salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Inson salomatligiga ta’sir etayotgan zararli omillarning 30 foizi suv tarkibining buzilishi natijasida bo‘lsa, 40 foizi atmosfera havosining bulg‘anishiga to‘g‘ri kelar ekan. Har xil axlat va chiqindilar esa  faqat havo va suvni emas, tuproqni ham zararlaydi. Shuning uchun chiqindilarni aholi yashaydigan joylardan 100-200 metr uzoqlikda, shamol esishni hisobga olgan holda joylashtirish kerak. Chiqindilarni suv omborlari, daryo bo‘ylariga tashlash turli yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladi. 

Borliqdagi ifloslik va chang faqat yomg‘ir tufayli tozalanadi va ular yerga singib ketadi. Ko‘kalamzorlar tabiiy filtrlardir, ular atmosferani himoyalaydi va sog‘lomlashtiradi. Sershovqin, mashinalar ko‘p qatnaydigan ko‘chalarning, korxona, maktab, bog‘chalarning atrofida qancha daraxt eksak, salomatligimizni kafolatlagan bo‘lamiz. 

Agar atmosferani bulg‘asak yer yuziga quyosh radiatsiyasi orqali o‘tadigan radiatsion ko‘lanka va ionlashtiruvchi nurlarning hajmi ortadi, nurlarning davomli ta’siri natijasida irsiyat o‘zgaradi, turli tug‘ma majruhlik, surunkali nur kasalligi, qon kasalligi va xavfli o‘sma kasalliklari ko‘paya boradi. Shu sababli biosferani radioaktiv nurlar bilan ifloslanishidan saqlash bugungi kunning muhim vazifasidir. Shuni ta’kidlash kerakki, quyosh radiatsiyasi issiqlik va yorug‘lik manbai sanaladi. U yer sathini isitadi, suvni bug‘lantiradi, havo oqimi paydo qiladi va shunga bog‘liq ob-havo ham o‘zgarib turadi. 

Yer yuzidagi butun organik hayot quyosh radiatsiyasi tufayli mavjuddir. Chunonchi, nur energiyasi quvvatining faqatgina 47 foizi yer yuziga yetib keladi. Havoning ifloslanishi natijasida quyosh radiatsiyasining anchagina miqdori yo‘qolib ketadi. Bunga yuqoridagi atmosferani ifloslantiruvchi 4 ta omil sababdir. Inson organizmiga radiatsiyaning ultrabinafsha nurlari juda zarur. Ularning yetishmasligi yorug‘lik tanqisligini keltirib chiqaradi. Natijada hayot tonusi immunitet pasayib ketadi va gripp, sil, kamqonlik va boshqa kasalliklar yuzaga keladi. Bolalarda ultrabinafsha nurlari yetishmasligi tufayli D vitamini yetarli sintez qilinmaydi va raxit kasalligi yuzaga keladi, yorug‘lik yetarli bo‘lmasa ko‘z xiralashadi. Yurtimizda ekologik sog‘lom muhitni yuzaga keltirish uchun respublika ekologik hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish va yashil hududlarni tashkil qilish katta ahamiyatga ega. 

N.Jamolov,

shifokor


Авторизация