YO'LLAR HAQIDA O'YLAR

Bugungi Jizzax ko‘chalarida hayot qaynaydi. Turli rusumdagi mashinalar oqimi ayniqsa quyoshli kunlarda ko‘zni qamashtiradi. Yo‘llar ham ilgarigi yo‘l emas. Tekis, ravon. Àmmo...

Àmmo har to‘kisda bir ayb deganlaridek, shahar yo‘llaridagi mashinalar qatnovi bilan bog‘liq jiddiy kamchiliklar bot-bot ko‘zga tashlanib qolayapti. Ilgarilari Jizzax yo‘llarida mashinalar tiqini yoki xalq tili bilan aytganda "probka" kuzatilmasdi. Endi-chi?.. 

Keling, hamma joydagi tirbandliklarni bir-bir sanab o‘tirmaylik-da, bittasini misol qilib keltiraylik.

Ma`lumki, Sharof Rashidov shox ko‘chasi "So‘g‘diyona" stadioniga yetganidan keyin Àlisher Navoiy ko‘chasi bilan tutashadi va "O‘zbekiston" ko‘chasi tomon buriladi. Kunning istalgan paytida  "O‘zbekiston" ko‘chasi tomondan kelishda tirbandlikka duch kelasiz. Àyniqsa, ertalab va kechki paytlarda shu ko‘chada mashinalar qatori salkam yarim chaqrimgacha cho‘zilib ketadi. Shu ko‘chadan kelib, RSHTYIM viloyat filiali tomonga burilib olguncha kam deganda uch-to‘rt marta svetoforning yashil va qizil chiroqlari yonib-o‘chadi. 

Àlbatta, bunday muammolar faqat bizning shahrimizga xos emas. Àmmo hayot kutib turmaydi. Nimadir qilish kerak-ki, toki tirbandliklar barham topsin. Balki qo‘shimcha yo‘l o‘tkazgichlar qurish va yo‘lni ikki tomonga kengaytirish kerakdir?

Shu o‘rinda svetoforlarning ishlashi bilan bog‘liq ba`zi kamchiliklar to‘g‘risida ham so‘z yuritsak. Xalq tilida sodda qilib aytganda, "Sport kolleji" oldidagi chorrahaga o‘rnatilgan svetoforning ishlash tartibi tushunarsizroq. Bir qaraganda svetoforlar zamonaviy, piyodalar uchun ham alohida svetoforlar o‘rnatilgan. Àmmo mashinalar uchun yo‘l yopiq bo‘lgan paytda ham piyodalar svetofori qizil bo‘lib yonadi. Yashil chiroq yonishini kutsangiz, ko‘chani kesib o‘tishga ulgurmasdan mashinalar uchun yo‘l ochiladi.

Gazetamizning o‘tgan sonlarining birida "Jizzaxlik" mahallasi hududidagi Sharof Rashidov nomli ko‘cha boshlanishi aynan shahardagi 10-umumta`lim maktabiga borib taqalashi, bu yerda ikkita yo‘l o‘zaro "T" shaklda tutashgani, afsuski, ularni o‘rnatish va foydalanishda ko‘plab kamchiliklar mavjudligi to‘g‘risida yozgan edik. 

Ya`ni, svetofor uch tomondan kelayotgan mashinalar oqimini tartibga soladi. Àmmo nima uchundir shu moslamani o‘rnatilayotganda piyodalar e`tibordan chetda qolgan. Ya`ni svetofor chiroqlari qanday rangda yonishidan qat`i nazar hamma vaqt piyoda uchun yo‘l yopiq bo‘ladi. Holbuki, har kuni bu yo‘lni yuzlab o‘quvchilar kesib o‘tib, maktabga borishadi. 

Nazarimizda muammoning yechimi oddiy, uchala yo‘nalishdan kelayotgan mashinalar uchun ma`lum bir muddat qizil chiroq yonib tursa bas. Oraliqda xavfsiz hudud hosil bo‘ladi. Àmmo bu masala ham shu paytgacha e`tibordan chetda qolayapti.


À.Karimov



Авторизация