AYOL FAQAT BAXTGA LOYIQ

Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovordir. Birgina davlatimiz rahbarining Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda “Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi” deya ta`kidlagani so‘zimizning isbotidir.

Globallashuv zamonida ijtimoiy tarmoqlarning ommalashib borayotganligi axboriy xurujlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchragani haqidagi xabarlarning urchib ketishi jamiyatda turli salbiy fikr-mulohazalarni ham yuzaga chiqarmoqda. 

Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Odamlarning dunyoqarashi ham bir joyda qotib qolganicha yo‘q. Afsuski, ayollarga qilinayotgan noto‘g‘ri, qo‘pol munosabatlarning ortib borayotganligini nima bilan izohlash mumkin? Jamoat joyida yoshi bir joyga borib qolgan qariyaning voyaga yetmagan qizaloqqa tegajog‘lik qilishi, oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchisining nomusiga tajovuz qilinganligi, maktab o‘quvchilarining homilador bo‘lib qolganligi, yosh qizaloqni nomusiga tajovuz qilinib, keyin jinoyat qurboniga aylangani… Shunday xabarlarni o‘qib, eshitib, ko‘rib odamning tili kalimaga kelmay qoladi.

O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: bunday jinoyatlarning ko‘payishiga nima sabab?

Globallashuvmi, loqaydlikmi yoki jazo choralarining yengilligi?

2023-yil 11-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Hujjat bilan õotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi huquq va manfaatlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, shaõsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (ilgari jabrlanuvchi tariqasida faqat ayol kishi tan olingan, endilikda erkak kishining ham jinsiy erkinligi himoyalanmoqda), tazyiqni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish hamda shaõsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. 

Quyidagi jinoyatlarga jazo choralari kuchaytirildi:

-  ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlashga – BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoõud uch 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha aõloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi;

-  nomusga tegish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qonunga ko‘ra, quyidagi tarzda nomusga tegish jinoyatini sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda:

-  nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaõsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa (8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish);

-  18 yoshga to‘lmagan shaõsga nisbatan (ilgari shaõsning 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda);

-  sobiq õotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaõsga yoõud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaõsga nisbatan;

-  jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amõo‘rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaõs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning õodimi tomonidan (10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish).

Ma`lumot o‘rnida aytish lozimki, O‘zbekistonda 2021-2022-yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oiladagi kamsitishlar bo‘yicha 72 mingta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 61 mingdan (85 foizdan) ortig‘i xotin-qizlarning kamsitilishiga taalluqli. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan asrash bo‘yicha mas`ul tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish darkor. Shundagina jamiyatda ayollar bilan bog‘liq noxush holatlar kamaygan bo‘lar edi.


Lola MAMARAIMOVA,

O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika 

fakulteti talabasi


Авторизация