CHЕKISH – UMR ZAVOLI

Tamakining zarari haqida qadim zamonlardan beri gapirib kelinadi, biroq uning odam organizmiga zararli ta’siri haqida uzoq vaqtlargacha hech kim tuzukroq o‘ylab ko‘rgani yo‘q. Xavfli o‘smalar, xususan o‘pka raki ayniqsa industrial mamlakatlarda keyingi o‘n yillarda juda tez ko‘paydi. Tamakini organizmga ta’siri o‘rganila boshlandi. Jahondagi barcha mamlakatlarda chekishning zarari keng targ‘ib qilina boshlandi. Tamakining fojiaviy ta’siri 20 asr oxiri va 21 asr boshiga kelib o‘zining bo‘y-bastini ko‘rsata boshladi.

Kuniga bir quti segareta chekadigan kashanda umri davomida o‘z tanasiga 2 kg nikotin kiritishi aniqlangan. Zaharning bunday miqdori 20 ming odamni halok qilishi mumkin. 

Sigareta tutunini birinchi bor ichiga tortgan o‘smir tanasida nikotin tezda qonga so‘rilib, butun organizmga tarqaladi. Bir necha daqiqadan so‘ng bosh miyaga yetib boradi. Markaziy asab tizimi faoliyatini izdan chiqarib nerv hujayralariga o‘tadi, so‘ngra endokrin bezlariga ta’sir qilib, so‘lak oqadi, ko‘ngil ayniydi, tomir urishi tezlashadi, quloqlar shang‘illaydi, odam bo‘shashadi, boshi aylanadi, qo‘llari qaltiraydi, hiqildoq, qizilo‘ngach, me’da spazmga uchraydi. Ba’zilar filtrli sigaretlar nikotinni o‘tkazmaydi deb hisoblashadi. Bu borada uzoq yillar izlanish olib borgan olimlar xulosasiga ko‘ra, filtrlar taxminan 40 foiz nikotinni yutar, biroq organizmga is gazi tushishini 25 foizga oshirar ekan.

Muntazam tamaki chekish erkaklarni jinsiy zaiflikga olib keladi. Chekuvchi ayollarda tamaki tutuni tasirida ko‘pincha xayz sikli buzilishi kuzatiladi, aksariyat hollarda tanadagi a’zolarda o‘smalar paydo bo‘ladi. Tamaki zahri tufayli sarg‘ayib ketgan barmoqlar, ajin tushgan so‘lg‘in yuz terisi, bo‘g‘iq tovush, og‘izdan badbo‘y hid kelishi, tutun urib qolgan sochlar odatiy holga aylanadi. Demak kashandalik ayol husn-latofatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. 

Bristol universtiteti (Angliya) mutaxassislarining aniqlashicha, homiladorlik davrida chekkan ayollarda ko‘pincha bola muddatiga yetmay tug‘iladi, homilaning nobud bo‘lish ehtimoli 30 foizga ko‘payadi. Chekadigan ayollarning farzandlari atrosklerozga moil bo‘lishadi. Ota-onasi chekadigan bolalar o‘rtasida tutqanoq kabi kasalliklar boshqalarga nisbatan ko‘proq uchraydi. 

Erkaklarning chekishi katta falokat, ayollarning chekishi esa bundan ham yomon - chekuvchi ayol 2 kishining umriga zomin bo‘ladi. 

Alloh yaratgan jonzodlar ichida faqat insonga aql-farosat ato etgan, shuni shiga solib nafaqat kashandalik, balki boshqa illatlardan ham qutilish mumkin. Hammasi o‘zimizga bog‘liq.

N.Jamolov,

Viloyat OITSga qarsh kurashish

markazi mutaxassisi


Авторизация