DO'LANA UYQUSIZLIKDA FOYDA

hovuchi iste'mol etilsa, nafaqat kishini kun bo‘yi tashnalik va ochlikdan asraydi, balki unga yaxshi kayfiyat, bardamlik va quvvat ham hadya etadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, do‘lanani lotin tilida "gratas" (kuchli) deb ataydilar.

O‘zbekiston sharoitida o‘sadigan do‘lanalarning ba`zi turlarida vitamin B1, B2, PP, C, E borligi aniqlangan. O‘simlik gullarida yuqorida qayd qilingan moddalardan tashqari, 0,16 foizga yaqin efir moylari bor. Xalq tabobatida do‘lanadan kishi toliqqanda, aqliy xorg‘inlikda, uyqusizlikda, yurak atrofida og‘riq paydo bo‘lganida davo sifatida foydalanilgan.

Abu Ali Ibn Sino do‘lana mevasini ich ketishini to‘xtatuvchi vosita sifatida tavsiya etgan. 

Ko‘pgina xalqlar xalq tabobatida do‘lana shuningdek, toliqish, aqliy horg‘inlik, uyqusizlik va asabiylashganda qo‘llaniladi. Bu meva yurak og‘riganda, klimaks davrida, revmatizm asoratidan paydo bo‘lgan revmokarditda, aterosklerozda, qon bosimi oshganda, bosh aylanishi, yo‘talda ham iste'mol qilinadi. Hozirda farmatsevtika sanoatida do‘lana gullaridan tayyorlangan tindirma va turli boshqa giyohlar bilan birga tayyorlangan dori vositalari ateroskleroz, nevroz, asab tizimi va yurak qon tomir kasalliklarida keng foydalanilmoqda.

An'anaviy xitoy tabobatida do‘lana yuqori qon bosimini davolash uchun  tavsiya etilgan oziq-ovqatlardan biridir. O‘simlik tomir kengaytirish ta'siriga ega, xolesterin darajasini pasaytiradi. 

Do‘lana fitopreparatlar koronar arteriyalarning patologiyalarini bartaraf etish yoki kamaytirishga, kapillyar qon oqimining buzilishini normallashtirishga va to‘qimalarning gipoksiya ta'sirini bartaraf etishga yordam beradi.

Do‘lana oshqozon-ichak traktida ham foydalidir. Do‘lana mevasi tarkibida prebiotik vazifasini bajarib, hazm qilishga yordam beruvchi tola mavjud.

Do‘lana asab tizimiga foydali, tez-tez bosh og‘rig‘iga qarshi kurashadi, uyquni normallashtiradi va nevrozni yo‘q qiladi, tinchlantiruvchi, asossiz xavotir olish alomatlarini kamaytirishga yordam beradigan sedativ ta'sirga ega. Hozirgi vaqtda do‘lana tashvish va depressiya kabi markaziy asab tizimining kasalliklarini davolash uchun potensial vosita sifatida o‘rganilmoqda.

Ayollar salomatligi muammolarini davolashda do‘lana bilan o‘simlik preparatlari faol qo‘llaniladi. Choy, damlamalar, infuziyalar to‘qimalarning gipoksiyasini bartaraf etishga, migrenning og‘irligini kamaytirishga va jinsiy gormonlar darajasini moslashtirishga yordam beradi.

Shuningdek, qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi va terining yoshligini saqlaydi. Do‘lana bilan choy shishishni yo‘q qiladi va metabolik jarayonlarni kuchaytiradi.

Biroq do‘lanani och qoringa iste'mol qilmaslik kerak. Chunki, u ichakni siqib, kishini qayt qildiradi. Bu mevani iste'mol qilgandan keyin ustidan sovuq suv ichish mumkin emas. Aks holda u me'da-ichaklar sanchig‘iga sabab bo‘lishini unutmang. Uni 

Biroq do‘lanani och qoringa iste'mol qilmaslik kerak. Chunki, u ichakni siqib, kishini qayt qildiradi. Bu mevani iste'mol qilgandan keyin ustidan sovuq suv ichish mumkin emas. Aks holda u me'da-ichaklar sanchig‘iga sabab bo‘lishini unutmang. Uni ortiqcha iste'mol qilish buyrakka zararlidir. Yana me'da-ichakni zaiflashtirib, kolit kasalligi, ko‘ngil aynishi, qayt qilishni paydo qiladi. Shuningdek,  bo‘lajak onalarga do‘lanani iste'mol qilish xavfli bo‘lishi mumkin

Авторизация