OZIQ-OVQAT TOVARLARINI BAXOLASH USLUBLARININGXUSUSIYATLARI

Tovarshunoslik bilimlarni qo‘llash sohasida sud-tergov organlarining o‘sib borayotgan talablari, oziq-ovqatlarni kompleks ravishda tadqiq qilish va ularni baholashga yondashish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish ehtiyoji tufayli X.Sulaymonova nomidagi respublika sud-ekspertiza markazida o‘tkazilayotgan sud-tovarshunoslik ekspertizalarini ekspertlik amaliyotiga joriy etish zaruriyati vujudga keldi.

Tovarshunoslikda bayon etilgan nazariy va metodik asoslar, obyektning iste`mollik (tovar) xususiyatlarini va fazilatlarini aniqlash maqsadida uning holatini o‘rganishni, shuningdek, tovar saqlangan obyektlarni, tovarlarning xususiyatlarini atrof-muhit bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi tufayli o‘zgarishiga olib kelgan aniq sharoitlarni tadqiq qilishni nazarda tutadi.

Tovarshunoslik ekspertizasi masalasini yechishning asosiy sharti bu - obyektning maqsadiga muvofiq ma`lum ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini ta`minlaydigan xususiyat va fazilatlar majmuini tadqiq qilishdir.

Mahsulotni identifikatsiyalash, mahsulot tavsiflarini uning asosiy belgilari - assortiment, sifat, miqdor va boshqalarning mosligini hamda ularning tovar obyektiv iste`mol qiymatiga bo‘lgan ta`sirini aniqlash ekspertizaning eng muhim bosqichidir.

Identifikatsiyalash, aniq bir mahsulotga yoki uning markirovkasiga, hamroh hujjatida, yetkazib berish shartnomalarida, standartlarda va boshqalarda ko‘rsatilgan tasnifiga mosligini tasdiqlash uchun yetarli bo‘lgan belgilar, ko‘rsatkichlar va talablar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Hozirgi kunda, oziq-ovqat tovarlarini baholashda uchta yondashuv mavjud. Xususan, qiyosiy yonda-shuvi, xarajat yonda-shuvi va daromad yonda-shuvlari.

Shu-ning-dek, baholash jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

1. Baholanayotgan obyektlarni va texnik holatni umumiy ko‘rikdan o‘tkazish va ta`riflash, xususiyatlarini aniqlash, shu bilan birga ekspertizani tayinlagan shaxs, qonunchilikka asosan, tadqiqot obyekti ko‘rigini tashkil qilishi va ishtirok etishi, ekspertning obyektlarga kirishini ta`minlashi lozim. Baholash obyektlarini ko‘rikdan o‘tkazilishning maqsadi - ularni identifikatsiyalash, jismoniy holatini o‘rganish, taqdim etilgan hamroh hujjatlar va markirovkaga mosligi yoki mos bo‘lmaganligini aniqlash.

2. Tadqiqot obyektlarining haqiqiy holati haqida ko‘rik natijasida olingan natijalarni o‘rganish;

3. Baholash obyektlarni ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni, ularni identifikatsiyalash, jismoniy holatini aniqlash, taqdim etilgan birlamchi hujjatlarga mos kelmasligini hamda birlamchi hujjatlarda ko‘rsatilmagan nuqsonlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi;

4. Baholanayotgan tovarlarga o‘xshash tovarlar bozorini va ulardagi narxlarni tadqiq qilish:

4.1 Baholash jarayoni baholash obyekti yoki uning analoglari haqidagi bozor ma`lumotlaridan foydalanishni talab qilgan taqdirda, ekspert baholash obyekti bozorini tahlil qiladi va o‘xshash obyektlarning (bir xil yoki taxminiy analoglar) narxlari (takliflari) haqidagi ma`lumotlarni yig‘ib oladi.

4.2 Ma`lumotlar yig‘ilganida, analog obyektlar haqidagi ma`lumot ustunlikka ega bo‘ladi. Shu bilan birga shunday shartlarga rioya qilish lozimki, import tovariga bo‘lgan yuklangan xarajatlarni (soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, transport xarajatlari, boshqa xarajatlar) hisoblashga bo‘lgan obyektiv yondashish maqsadida baholash obyekti va analoglar o‘zini ishlab chiqaruvchi mamlakati bo‘yicha bir-biriga mos bo‘lishi lozim.

4.3 Àgarda obyektlarning boshqa parametrlari va tasniflari baholash obyekti uchun narxning yaratuvchi omillari bo‘lgan taqdirda, obyektlarning bunday parametrlarini va tasniflarini o‘rganish majburiydir.

4.4 Baholash obyektining analoglari haqidagi ma`lumotlarni analoglarni tanlash elementlarining talablarini inobatga olgan holda yig‘ish lozim.

4.5 Baholash obyekti aniq bir savdo belgisi ostidagi ishlab chiqarish tovari bo‘lgan taqdirda, o‘xshash obyektni tanlashda ekspert e`tiborini baholash obyektining savdo belgisiga qaratishi lozim.

4.6 Ma`lumotlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish jarayoni bilan birga baholash identifikatsiya qilinadi va bu narsa ekspert xulosasida aks ettiriladi.

Tovarlarni baholashda shuni inobatga olish lozimki, ularning narxlari bozor kon`yunkturasi, talab va taklifni hisobga olgan holda erkin shakllantirilayotgan narxlardan kelib chiqib belgilanadi.

Bozor narxi bu - ixtiyoriy xaridor va ixtiyoriy sotuvchi o‘rtasida tuzilgan tijorat bitim natijasida baholash kuniga bo‘lgan mulkning yo‘ldan yo‘lga taxmin qilinayotgan o‘tishi uchun to‘lanadigan pul mablag‘laridir. Bozor narxi baholash tamoyillarining bazasi asosida aniqlanadi, ya`ni talab, taklif, o‘rnini bosish, mos kelishidir. Ya`ni, bozor narxi – bozorda amalda bo‘lgan kuchlarning nisbatini hamda ushbu nisbatni o‘zgarishining kutilayotgan tendentsiyasini aks ettiradi.


S.Jo‘rayev,

X.Sulaymonova nomidagi respublika 

sud-ekspertiza markazi Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi eksperti



Авторизация