Avgust oyining oxirgi o‘n kunligida boshlangan o‘rganish maktablardagi haqiqiy holatni ko‘rsatib berdi. Jumladan, shahardagi 18- va 5-umumiy o‘rta ta`lim maktablarida ta`mirlash ishlari nihoyasiga yetgan, sinfxonalar shay holatga keltirilgan. Ayniqsa, joriy yilda birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolajonlar ta`lim oladigan sinflar bayramona bezatilganligini alohida ta`kidlash joiz.
Biroq shahardagi 21-umumiy o‘rta ta`lim maktabida aksincha manzaraga guvoh bo‘ldik. Boshlang'ich sinflar uchun mo‘ljallangan binoning ta`miri yakuniga yetkazil-magan. Yangi o‘r-natilgan eshik va deraza romlarining o‘zigina turibdi, xolos. Sinf pollarini o‘qituvchilarning o‘zlari bo‘yashayotganligini ko‘rib nima deyishga hayron bo‘ldik. Boz ustiga, maktab hovlisi eski mebel va stendlar bilan to‘lgan. Xullas, ahvol ayanchli edi...
Yangi o‘quv yili boshlan-gach olib borilgan o‘rga-nishlar natijasida boshqa, biroq o‘ta jiddiy muammoga duch keldik. «Qaliya» MFY hududidagi 12-umumiy o‘rta ta`lim maktabida yangi o‘quv yiliga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgani shundoq ko‘rinib turibdi. 2-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashganimizda ayrimlariga darslik yetmaganini ta`kidlashdi.
Yangi o‘quv yilining ilk haftasi ham poyoniga yetdi. Mustaqillik va tanishtiruv darslariga boy kechgan haftada iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati shahar bo‘limi bilan hamkorlikda 2023-2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik qanday kechganligi borasida o‘rganish olib bordik.
Avgust oyining oxirgi o‘n kunligida boshlangan o‘rganish maktablardagi haqiqiy holatni ko‘rsatib berdi. Jumladan, shahardagi 18- va 5-umumiy o‘rta ta`lim maktablarida ta`mirlash ishlari nihoyasiga yetgan, sinfxonalar shay holatga keltirilgan. Ayniqsa, joriy yilda birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolajonlar ta`lim oladigan sinflar bayramona bezatilganligini alohida ta`kidlash joiz.
Biroq shahardagi 21-umumiy o‘rta ta`lim maktabida aksincha manzaraga guvoh bo‘ldik. Boshlang'ich sinflar uchun mo‘ljallangan binoning ta`miri yakuniga yetkazil-magan. Yangi o‘r-natilgan eshik va deraza romlarining o‘zigina turibdi, xolos. Sinf pollarini o‘qituvchilarning o‘zlari bo‘yashayotganligini ko‘rib nima deyishga hayron bo‘ldik. Boz ustiga, maktab hovlisi eski mebel va stendlar bilan to‘lgan. Xullas, ahvol ayanchli edi...
Yangi o‘quv yili boshlan-gach olib borilgan o‘rga-nishlar natijasida boshqa, biroq o‘ta jiddiy muammoga duch keldik. «Qaliya» MFY hududidagi 12-umumiy o‘rta ta`lim maktabida yangi o‘quv yiliga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgani shundoq ko‘rinib turibdi. 2-sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashganimizda ayrimlariga darslik yetmaganini ta`kidlashdi. Jumladan, 2 «E»-sinfida 31 nafar bola o‘qiydi. Ulardan 30 nafari darslik bilan ta`minlangan. Boshlang'ich sinf o‘qituvchilarining aytishicha, hozircha 2-sinflar uchun 4 ta fandan yangi darslik kelgan, qolgan 6 ta fandan esa o‘tgan yilgi eski darsliklardan foydalanishmoqda. Biroq ular ham o‘quv rejasiga mos emasligini ta`kidlashdi. Xo‘sh, o‘qituvchi bu vaziyatda nima qilsin? Albatta, pedagog dars o‘tishga majbur.
2 «A»-sinfida esa 32 nafar o‘quvchi bor. 2 nafar bolaga darslik yetmagan. Lekin ular qarindoshi bilan bir sinfda o‘qiganligi uchun vaqtinchalik ikki bola bir komplekt kitobdan foydalanishmoqda. Bu vaqtinchalik qachongacha ekanligi bizga qorong'u.
Shahardagi 13-umumiy o‘rta ta`lim maktabida ham xuddi shu vaziyat. Faqatgina 2-, 3- va 4-sinflarda darsliklar bilan bog'liq muammo borligini ta`kidlashdi.
- 1-sinflarning barchasiga Prezident sovg'alari topshirilgan. Ularda darslik bilan bog'liq muammo yo‘q, - deydi maktab kutubxonachisi B.Mallaboyeva. - Biroq joriy yilgi o‘quv yilida 2, 3 hamda 4-sinflarning darsliklari yangilangani bois ularning yetib kelishi kechikmoqda. Shu tufayli o‘quvchilar eski kitoblardan foydalanishga majbur.
Mazkur masalada shahar maktabgacha va maktab ta`limi bo‘limi darsliklar bo‘limi metodisti Nafisa Soliyeva bilan telefon orqali bog'langanimizda, haqiqatan ham vaziyat shundayligi, kutilayotgan darslik yangi avlod kitoblari sifatida Janubiy Koreyada nashr etilayot-ganligi bois kechikayotganligini ta`kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra bu haqda vazirlikdan ham aytilgan, o‘quvchilar 10-15 kunda darslik bilan ta`minlanadi.
Mayli, bu vaziyat hududlardagi maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmalari, bo‘limlarining aybi bilan emasdir, biroq o‘quv yili boshlansa hamki, o‘quvchilarning darslik bilan ta`minlanishida kamchilik kuzatilgach, qanday qilib sifatli ta`limni talab qilish mumkin?
Gavhar YO‘LDOSH qizi