YERNING HAR QARICHI — OLTINGA TENG

Yer - umummilliy boylik. Keyingi yillarda ushbu resursdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer munosabatlari sohasida qonuniylikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali yer ajratish tartibining ochiqligi va shaffofligi ortib bormoqda, sohada byurokratik to‘siqlar bartaraf etilmoqda.

Biroq, yer resurslarini talon-toroj qilish, o‘zboshimchalik bilan egallash va noqonuniy sotish holatlari hali ham kuzatilmoqda. Noqishloq va qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish tartibi barcha uchun bir xil va shaffof emas.Joriy yilning ortda qolgan o‘n bir oy davomida Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Do‘stlik tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan yer nazorati tizimida olib borilgan tadbirlari natijasida tuman bo‘yicha 139 ta holatda 171.1 gektar yer maydoni yuridik va jismoniy shahslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarining 4 ta holatda 81,6 gektari yer fondining qishloq xo‘jaligi toifasi, 55 ta holatda 1,04 gektari aholi punkti, 1 ta holatda 4,0 gektari sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar, 79 ta holatda 84.45 gektari zaxira yerlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish bo‘yicha inspektorlar tomonidan huquqbuzarlarning barchasiga ogohlantirish xatlari berilgan. Shundan 90 ta holat joyida ixtiyoriy bartaraf etilib, yer uchastkasi o‘z holiga qaytarilgan. 20 ta holat bo‘yicha sudlarga da’vo arizalar kiritildi (12 ta qanoatlantirilgan, 1 ta rad etilgan, 1 ta holatda ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 ta holatda tugatilgan, 5 tasi jarayonda), 4 ta holat bo‘yicha qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga ma’lumotlar kiritildi.

Bundan tashqari, 2023-yilning ortda qolgan 11 oyi mobaynida 124 ta huquqbuzarga (7 ta 60-modda 2-qismi, 33 ta 6-modda 3-qismi, 44 ta 68-modda 1-qismi, 40 ta 68 prim 1-modda) nisbatan jami 945 mln. 240 ming so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Qo‘llanilgan jarimalarning 101 tasidan 140 mln. 10 ming so‘m qismi kadastr organlari tomonidan (amaldagi tartib bo‘yicha 15 kunlik muddatda to‘lovni amalga oshirgan huquqbuzarlarga 87 mln. 840 ming so‘m 30 foizlik imtiyozlar qo‘llanilgan) undirilishi ta’minlandi. To‘lanmay turgan 805 mln. 23 ming so‘mlik jarimaning muddati o‘tgan 8 tasidagi 209 mln. 850 ming so‘mlik qismi majburiy undiruvga qaratildi. Majburiy tartibda 1 ta holatda 900 ming so‘m mablag‘ undirildi. Undirilmagan va shu jumladan majburiy ijroga qaratilmagan jarimalar miqdori 595 mln. 380 ming so‘mni tashkil etmoqda. Mazkur jarimalar bir oylik muddatda ixtiyoriy to‘lanmagan taqdirda tegishli tartibda majburiy ijroga qaratilishi ta’minlanadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yerning har qarichi — oltinga teng. Demak, inson yashashi, rizq topishi, turmushini farovon qilish uchun undan unumli foydalanmog‘i lozim. Zero, hamma vaqt tiriklik manbai bo‘lib kelgan yerdan oqilona foydalanish qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishning zaruriy sharti, farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.

 

FAYZULLA ASTANAQULOV, 

Kadastr agentligi Do‘stlik tuman bo‘limi boshlig‘i

 


Авторизация