JIZZAX SHAHRI BO'YLAB EKSKURSIYA DARS

Ilmiy-nazariy darslar talabaning tafakkurini kengaytirib, bilimini oshirsa, amaliy darslar malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga yordam beradi. O‘quv yili oxirida boshlang‘ich ta’lim fakultetining 1-bosqich talabalari bilan rus tili fanidan “Nash gorod” (Bizning shahar) mavzuidagi amaliy dars Jizzax shahri bo‘ylab ekskursiya shaklida tashkil qilindi. Boshqa viloyatlar va tumanlardan kelib o‘qiyotgan talabalarning bari shahri-mizning diqqatga sazovor joylari haqida to‘liq ma’lumotga ega deb bo‘lmaydi. Ekskursiya - darsda biz yoshlarga avvalo o‘z universitetimiz tarixi, uning eski va yangi binolari, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar haqida so‘zlab berdik. So‘ngra viloyat musiqali drama teatri, viloyat hokimligi, Aloqa uyi, viloyat teleradiokompaniyasi binosi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali binosi, buyuk hamyurtimiz, davlat arbobi va ijodkor sifatida tarixu adabiyotda iz qoldirgan Sharof Rashidov haykali va yodgorlik muzeyi, “O‘zbekiston” mehmonxonasi, Hamid Olimjon va Zulfiya haykali va muzeyi, viloyat bolalar kutubxonasi binolari haqida yoshlarga ma’lumot berildi. Ekskursiya - dars talabalarda katta taassurot qoldirib, ularning shahrimiz haqida bilganlarini kengaytirdi va shahrimizga nisbatan faxr tuyg‘ularini oshirdi.


Ekskursiya - darsi yaku-nida talabalarga shahrimiz haqida hikoya yozib kelish topshirig‘i bajarilishining natijalari darsimizning talabalar uchun nechog‘li esda qolarli va foydali bo‘lganligining yaqqol isboti bo‘ladi.

M.Bakiyeva,

Jizzax davlat pedagogika universtiteti

boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti v.b.


Авторизация