IQLIM OʻZGARISHIGA SABAB NIMA?

Iqlim oʻzgarishi muammosi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Qahraton qish faslida ob-havo bahordagi kabi iliq bo‘lsa, bahorda esa qish hukmronlik qilmoqchidek go‘yo. Xo‘sh, nimaga iqlim bunchalik injiq boʻlib qoldi? 

Bir necha kun oldin yog‘gan qor barchani o‘ylantirib qo‘ydi. Erta tongdanoq gupillab boshlagan qorning kechgacha qariyb 40-50 sm.ga yetishini kim ham kutibdi deysiz? 

Yil boshidanoq mutaxassislar tomonidan 2024-yilning tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi bashorat qilindi. Boz ustiga mangu muzliklarning ham sekin-asta Yerib borayotganligi, bu ketishda yaqin 5-10 yilda muzliklardan batamom asra ham qolmasligi, suv va oziq-ovqat tanqisligining kuchayib borayotganligi haqidagi xabarlar kishini o‘ylantirib qo‘ydi. 

Ma`lumot o‘rnida aytish lozimki, yogʻingarchiliklarning bir maromda emasligi, gohida quruqchilik boʻlishi, gohida esa birdan yogʻingarchiliklar koʻpayib hududlarni suv bosishi ham global muammoning jadallashayotganligidan belgi bo‘lsa ajab emas.

Ma'lumotlar global darajada qayd etilish boshlangan 1980-yildan 2017-yil holatigacha solishtirilsa, Yer sayyorasining harorati 1 °C ga oshgan. Aslida bu arzimagandek ko‘rinsada, jiddiy maummolarni keltirib chiqish uchun yetarli ko‘rsatkichdir. Unga sayyora yuzasidagi oʻrtacha koʻrsatkich sifatida qaraydigan boʻlsak, oʻzgarish katta ekanligini, oqibatda muzliklar eriyotganini va dengizlar darajasining keskin koʻtarilayotganini koʻrishimiz mumkin. Agar issiqxona gazlarining tarqalishi toʻxtamasa, olimlar Yer sayyorasi oʻrtacha haroratining 4 °C ga oshishini prognoz qilishmoqda. Bu esa quruqlikning katta qismini inson hayoti uchun yaroqsiz holga keltirib qoʻyadi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: issiqxona effekti nima va u iqlimga qanday ta'sir qiladi?

XIX asrda olimlar ayrim gazlarning Yerdan chiqadigan issiqlikni ushlab turishini va ularning yordamisiz bu issiqlik koinotga chiqib ketishini aniqlashdi. Bu jarayonda asosiy rolni karbonat angidrid oʻynaydi: usiz sayyora muzlagan choʻlga aylangan boʻlar edi. 1896-yilda issiqxona gazlari konsentratsiyasining oshishi sababli sayyoradagi haroratning oshishi haqida ilk bor bashorat qilingan. Bugungi kunda ularning atmosferadagi soni sanoat inqilobidan oldingi davrga nisbatan 43 foizga oshdi va Yerning oʻrtacha harorati olimlar bashorat qilgan qiymatgacha oshdi.

Olimlarning ta'kidlashicha, yaqin 25-30 yil ichida iqlim yanada issiqlashadi va ob-havo sharoiti keskinlashadi. Marjon qoyalari va boshqa zaif yashash joylari allaqachon yoʻq boʻlib keta boshladi. Atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilari nazoratsiz ravishda tarqalishda davom etsa, olimlar buning uzoq muddatli jiddiy oqibatlarga olib kelishidan qoʻrqishmoqda: bular, dunyo tartibining buzilishi, keng koʻlamli migrasiya, Yer tarixidagi oʻsimliklar va hayvonlarning oltinchi ommaviy yoʻq boʻlib ketishining tezlashishi, muzliklar erishi, dengiz sathining koʻtarilishi va dunyoning qirgʻoqboʻyi shaharlarining koʻp qismini suv bosishi kabi oqibatlardir. 

Ekspertlarning ta`kidlashicha, dengiz sathi keskin sur'atlarda koʻtarilmoqda va hozirda har 100 yilda 0,3 metr tezlik bilan koʻtarilmoqda, bu hukumatlar va mulk egalarini qirgʻoq eroziyasiga qarshi kurashish uchun oʻnlab milliard dollar sarflashga majbur qilmoqda. 

Biroq, xavf shundaki, dengiz sathining koʻtarilishi davom etaveradi. Yer tarixini oʻrganuvchi olimlar, eng yomon holatda, garchi bu ehtimoldan yiroq boʻlsa-da, oʻn yil ichida suv yarim metrga koʻtarilishiga ishonishadi. Koʻpgina ekspYertlarning fikricha, ertaga issiqxona gazlari chiqindilari toʻxtagan taqdirda ham, dengiz sathining 4-6 metrga koʻtarilishi muqarrar va bu koʻplab shaharlarni suv bosishi uchun etarli. Albatta, agar ularni himoya qilish uchun trillionlab dollar sarflanmasa. Bu qancha davom etishi noma'lum. Ammo agar bu shunday davom etsa, u oxir-oqibat 24−30 metrgacha koʻtarilishi mumkin.

Mutaxassislar iqlim oʻzgarishining eng yomon oqibatlarini oldini olish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalariga oʻtish jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish kerak, degan fikrda.

Qayta tiklanadigan eng kam energiya manbalariga shamol turbinalari, quyosh panellari, gidroelektrostansiyalar va atom elektr stansiyalari kiradi. Tabiiy gazda ishlaydigan elektr stansiyalari ham koʻmir yoqadiganlarga qaraganda kamroq gaz chiqindilarini chiqaradi. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga oʻtish qisqa muddatda qimmatga tushishi mumkin, ammo uzoq muddatda barcha investisiyalar iqlimga yetkazilgan zararni qoplash va havo ifloslanishi bilan bogʻliq kasalliklarni kamaytirish orqali oqlanadi. Qayta tiklanadigan energiya bozorining kengayishi ularning tannarxini pasaytiradi va natijada toza energiya dunyoning bir qancha mamlakatlarida ishlab chiqarilgan «iflos» energiyadan arzonroq boʻladi.

Bu qadamlar kichik boʻlib tuyulishi mumkin, ammo bular sizning muammo haqidagi xabardorligingizni oshiradi va atrofingizdagilarni bundan xabardor boʻlishga undaydi. Aslida, doʻstlaringiz va oilangiz bilan iqlim oʻzgarishini muhokama qilishingiz siz qoʻshishingiz mumkin boʻlgan eng mazmunli hissalardan biridir.

Azamat SHERALIYEV,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi


Авторизация