HUQUQIY TARG'IBOTNING AHAMIYATI.

  Huquqiy targ‘ibot va ma`rifat orqali aholining huquqiy mada-niyatini shakl-lantirish va yuk-saltirish uchun davlat siyosa-tining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  - Milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati shakllanishi hamda yuksalishini ta`minlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish; 

- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish hamda yuksaltirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish;

- aholini huquqiy axborot bilan taminlash, bunda axborot berishning samarali usul va vositalari tizimini takomillashtirish;

- nodavlat notijorat tashkilotlar va davlat organlarining ijtimoiy hamkorligi doirasida aholining huquqiy savod-xonligini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomil-lashtirish to‘g‘risida”gi  farmonida ham aholi o‘r-tasida huqu-qiy targ‘ibotni amalga oshi-rish yuzasi-dan bir qator vazifalar belgilab berilgan. 

Ba`zi  manbalarda keltirilishi-cha, huquqiy targ‘ibot o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ta`sir choralari tizimidirki, u orqali jamiyatda yuksak huquqiy madaniyat va huquqiy ong darajasiga erishiladi. Undan ko‘zlangan maqsad esa fuqarolarga zarur huquqiy bilimlarni berish va ularda qonunlarga hurmat ruhini shakllantirishdan iborat. Àynan shu huquqiy targ‘ibotning asosiy negizini tashkil qiladi.

O‘tkirjon Bo‘ltakov,

O‘zbekiston Respublikasi 

IIV Àkademiyasi

306-guruh kursanti


Авторизация