TABIAT, BORLIQ-YAGONA UMUMIY UYIMIZ

Сегодня, 09:48
0
Шикоят қилиш

Davlatimiz rahbari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqida ekologiya va iqlim o‘zgarishi masalalariga alohida urg‘u berib, atrof-muhit va aholi sog‘lig‘iga zarar yetkazayotgan jihatlarga alohida to‘xtaldi. 

Shu jihatlarni hisobga olib, Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtiso-diyot yili” deb e’lon qilish taklifini bildirdi. Bu taklifning bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanishi esa yurtimizda mavjud ekologik muammolarni bartaraf etishda “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalarga ijobiy yechim topilishiga bildirilgan ishonch bo‘ldi, desam yanglishmayman. 

Shu o‘rinda “yashil iqtisodiyot” tu-shunchasiga qisqacha to‘xtalib o‘tsam. Yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurs-larni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyat-ning yangi yo‘nalishi tushuniladi. Aniqroq aytganda esa inson, tabiat va iqtisodi-yotning bir-biri bilan uyg‘un va barqaror rivojlanishini anglash mumkin. Ya’ni uy quraman, deb daraxtlarni ayovsiz kesib tashlamaslik, texnologiyalarni ko‘payti-rishni havo atmosferasini zaharli gazlar bilan to‘ldirish evaziga amalga oshirmaslik orqali barqaror taraqqiyotga erishish maqsad qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning 2022-yilda qabul qilingan “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yi-cha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida ham O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi doira-sida “yashil” va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasida amalga oshi-rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya man-balaridan foydalanish va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida resurslarni tejash maqsadi ko‘zlangan. 

Muxtasar aytganda, atrof-muhitni asrash nafaqat Vatanimiz obodligi ta’min-laydi, balki salomatligimizni saqlashda ham asosiy omil vazifasini bajaradi.

Erkin XO‘JAQULOV,

shahar ekologiya 

bo‘limi boshlig‘i

* * *


Atrof-muhitni asrash masalasi glo-bal masshtabdagi muammoga aylanib bo‘ldi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Ayniqsa iqlim o‘zgarishi barchani xavotirga solmoqda. O‘zimiz yashab turgan o‘lka tabiati ham afsuski yomonlashib bormoqda. Ko‘p-lab jonivorlar, noyob o‘simlik turlari kama-yishi kuza-tilayapti. 

Bolaligimda dalaga chiqib, ismaloq, yalpiz kabi dorivor o‘tlarni bema-lol terib kelardik. Bugun ismaloq ham issiqxonalarda yetishtiriladigan bo‘ldi. Atrofimizdagi jonli tabiat ham ilgarigidek xilma-xil va jozibali emas.

Mintaqamizdagi asosiy daryolarning havzasi va biologik xilma-xillikning qis-qarib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘ot-moqda. Bug‘lanish darajasini oshiradigan gazlar va atmosferaning keng miqyosda ifloslanishi muammolarni yanada chuqur-lashtiryapti. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqida 2025-yilni «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» deb e’lon qildi. “Havo va suvning ifloslanishi, tuproq ero-ziyasi, cho‘llanish, qazib olinadigan yoqil-g‘idan nazoratsiz foydalanish global isish, tabiiy ofatlarning ko‘payishi, atrof-muhit va aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkaz-moqda”, — dedi davlatimiz rahbari o‘z nutqida.

Bundan har bir fuqaro to‘g‘ri va jiddiy xulosa chiqarmog‘i lozim. Men ham bir tadbirkor sifatida, o‘zim rahbarlik qilayot-gan korxonadagi transport vositalarining atrof-muhitga maksimal darajada kam zararli chiqindilar chiqarishi yo‘lida harakat qilaman. Zero, bir haqiqatni hammamiz chuqur ang-lashimiz lozim. Tabiat, borliq yagona umumiy uyimiz. Agar ekologik falokat yuz berib, havo, suv va tuproq zaharlangudek bo‘lsa, boshqa boradigan joyimiz yo‘q. 

Vasidbek Isakov,

xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibi

* * *

Davlatimiz rahbarining milliy parla-mentimiz yuqori palatasining birinchi majlisida so‘zlagan nutqida ulkan ishonch va mas`uliyatning qadriga ye-tish, uni halol va sodiq xizmat bilan oq-lash kerakligi alohida ta`kidlandi. Bu sa`y-harakatlar atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili bo‘ladigan 2025-yilda to‘liq namoyon bo‘lishi zarur. 

Faollikka undaydigan bu da`vat biz, faxriylarni el-yurt farovonligini o‘ylab amalga oshirilayotgan ishlarning oldingi safida bo‘lishga chorlab turadi. Kelayot-gan 2025-yildagi faoliyat 20 ming nafar-dan ko‘proq nuroniylar uchun izlanish va yaratish yili bo‘ladi. Buning uchun hamma imkoniyatlar mavjud. 

Norqul TOG‘AYEV, 

"Nuroniylar" jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi, xalq deputatlari 

shahar Kengashi deputati


Авторизация