PASHSHAXO'RDADAN SAQLANING

Shahrimizda oxirgi yillarda teri antroponozi leyshmaniozi ro'yxatga olinmoqda. Kasallik manbai bemor odam, ba`zan itlar ham bo'lishi mumkin. Kasallik aholi zich joylashgan punktlarda ko'proq uchraydi, chunki kasallik iskabtoparlarni urg'ochisi orqali odamdan odamga yuqadi. Bemordan qonni so'rgandan keyin moskitlar 6-8 kunda zararli bo'ladi. Sog' odamni iskabtopar chivinlari chaqqanida kasallik yuqadi. 

Kasallikning yuqishi asosan yil faslining issiq oylarda to'g'ri keladi. Kasallikning yashirin davri har xil bo'lganligi tufayli mavsumiylik xarakterli emas. Kasallangandan so'ng butun umr davomida saqlanuvchi immunitet hosil bo'ladi, ba`zan kasallik qaytalanishi mumkin.

Inkubatsion davri 2-8 oy va 1,5 yilgacha davom etishi mumkin. 

Moskitlarning qon so'rib, to'ygan vaqti va tuxum qo'yish payti tashqi muhit mavsumi va haroratiga bog‘liq. Ularning birinchi generatsiyasi aprel-may oylariga to‘g‘ri keladi va o'sha davrda urg'ochi moskit-larning hujumi boshlanadi. Qo'yiladigan tuxumlar soni so'rilgan qon hajmiga bog'liq bo'lib, hatto 200 tagacha yetadi. Odatda iskabtoparlar ko'payishi vaqtida bir martada 100 tagacha tuxumni qorong'i, organik moddalarga boy, nam joylarga qo'yadi. Ular havo harorati 26-30 C0 va namlik 30 foiz bo'lganda yaxshi rivojlanadi.

Teri leyshmanioziga qarshi olib boriladigan majmuaviy chora-tadbirlar quyidagicha:

1. Iskabtoparlarga qarshi kurashish - dala va aholi punktlarida dezinsektsiya o'tkazish.

2. Iskabtoparlar hujumidan individual himoyalanish.

3. Kasallarni erta aniqlash va davolash, epidemiologik tekshiruv olib borish.

4. Àholi punktlarining sanitar holatini yaxshilash.

5. Yarani ustini bekitib yurish. 

Leyshmanioz kasallgi profilaktikasining birinchi usullaridan biri chivinlarni yashash xonalariga uchib kirishining oldini olishdir. Buning uchun xonalarning deraza oynalariga doka, to'r va setka tutilishi lozim. Shuningdek, pashsha-xonalardan foydalanish ayni muddao.

Kasallik kelib chiqishi aso-san, sanitariya obodonlashti-rish qoniqarli bo‘lmagan, chi-qindi to‘plangan va qabristonga yaqin hududlarda ro‘yxatga olinmoqda.

Yuqoridagilarni e`tiborga olib, doimiy ravishda leysh-manioz kasallgini oldini olishda birgalikda harakat qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

 Ra`no Oripova,

shahar SEO va JS mutaxassisi


Авторизация