Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari, yangidan yangi turar joy maskanlarining qurilib, foydalanishga topshirilayotgani kishini quvontiradi. Shular qatorida ta'mirtalab bo‘lib qolgan ko‘pqavatli turar joylarning qayta rekonstruksiya qilinishi shahrimizga yanada ko‘rk bag‘ishlashi shubhasiz. Yangi O‘zbekistonga yangilangan ko‘rinishlar yarashadi.
Shahrimizdagi "Zargarlik" mahallasida joylashgan 25, 26, 27 va 28-ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan ta'mirlash ishlari fikrimizning isbotidir.
Prezidentimizning "Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi qaroriga asason "Zargarlik" mahallasida yo‘lga qo‘yilgan ta'mirlash ishlariga 3,5 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ jalb etilgan. Mahallaning 50 ta turar joy maskanining tom qismini yangilash, 19 ta uy joylarning yerto‘lasidagi muhandislik kommunikatsiya quvurlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.
(O‘z muxbirirmiz)