NURLI MANZILLAR

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish sohasi xodimlari kuni oldidan Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUK tashabbusi bilan tashkil qilingan press-turda ommaviy axborot vositalari vakillari, soha mutaxassislari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi. Tadbir davomida Sharof Rashidov tumani hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar va Jizzax shahridagi yirik qurilish obyektlari tanishtirildi.

Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUK buyurtmachiligida joriy yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobiga 121 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati 625,7 mlrd so‘mlik kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida barcha dasturlar ijrosiga muvofiq 294,5 mlrd so‘mlik kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirilib, 297,0 mlrd so‘mlik mablag‘lar moliyalashtirib berildi.

Xususan, Jizzax shahridagi "Oqqo‘rg‘onlik" MFYdagi tibbiyot birlashmasi hududida viloyat ko‘z kasalliklar shifoxonasini yangidan qurish obyekti quvvati 100 qatnovli 75 o‘rinli bo‘lib, buyurtmachi Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK hisoblanadi. Loyiha qiymati 17,975 mlrd so‘m bo‘lgan mazkur qurilish bosh pudratchi "Mukammal Qurilish Savdo" MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetining barpo etilayotgan yangi 2500 o‘rinli o‘quv binosining loyiha qiymati esa 81,354 mlrd so‘mni tashkil etib, "Diamond" XK tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayapti. Shuningdek, mazkur oliy ta`lim muassasasi uchun "Sangzor" mahallasi hududida 600 o‘rinli talabalar turar joy binosi ham qurilmoqda. Uning loyiha qiymati 34,363 mlrd so‘mni tashkil etadi. Qurilish-montaj ishlari "SIFАT PLYUS QURILISh" MChJ tomonidan bajarilmoqda.

Shuningdek, Sharof Rashidov tumanidagi "Oqtosh ota" MFYda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston" massivi hududida 1680 o‘rinli yangi umumta`lim maktabi binosi qurilishi ham "АZIZА CREDO MАX" MChJ bosh pudrat tashkiloti tomonidan jadal sur`atlarda olib borilmoqda.

(O‘z muxbirimiz)


Авторизация