EL SOG'LIG'INI ASRASH YO'LIDA

Respublikamizning barcha hududlarida bo'layotgani kabi Jizzax shahridagi tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, yangidan qurish, ularning moddiy-texnika bazasini yanada boyitish bo'yicha ishlar reja asosida yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning o'zida investitsiya va mahalliy dastur asosida 4 ta tibbiyot muassasasi va 3 ta tibbiyot punktlarida jami 16,2 mlrd. so'mlik kapital va joriy ta`mirlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, shaharning «Jizzaxlik», «Sayiljoyi», «Zargarlik» va «Turon» mahallalarida yashovchi aholiga tibbiy xizmat ko'rsatadigan 1-oilaviy poliklinikada 4,2 mlrd. so'mlik kapital ta`mirlash va jihozlash ishlari bajarilgan bo'lsa, mazkur oilaviy poliklinikaning Àmir Temur mahallasidagi filiali uchun 2,2 mlrd. so'mga 2 qavatli yangi bino qurildi. «Olmazor» massivi hududida esa 6,5 mlrd. so'mga 3 qavatli poliklinika binosi barpo etildi. 

Xulosa qilib aytganda, xalqimizning sog'lig'ini saqlash borasidagi hukumat siyosati bosqichma bosqich izchil tarzda hayotga tadbiq etilmoqda.

Shahar hokimligi 

Axborot xizmati


Авторизация