OSHKORA MULOQOT BO'LIB O'TDI

23-yanvar kuni viloyat adliya boshqarmasida, boshqarmaning tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi. 

Ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida adliya boshqarmasi xodimlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazmali taqdimotlar qilishdi.

Anjumanda 2024-yilda inson huquqlarini ta'minlash, uning qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, fuqarolarning erkinliklarini kafolatlash borasida amalga oshirilgan ishlar, tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, bu yil rejalashtirilgan faoliyat yo‘nalishlari, adliya sohasida tadbiq etilayotgan yangiliklar ham tilga olindi.

Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati va xodimlari jurnalist va blogerlarning savollariga atroflicha javob berishdi. Tadbir so‘ngida Adliya boshqarmasi va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida bu kabi ochiq va oshkora muloqotlarni muntazam tashkil etish to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.

 

A.Karimov


Авторизация