OCHIQ MULOQOT

Viloyat raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasida ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 

Unda raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i I.Mamatqulov o‘tgan yilda olib borilgan ishlar xususida so‘z yuritishdi.

Ma`lumot o‘rnida aytish lozimki, 2023-yilda boshqarmaga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qariyb 800 ta murojaatlar kelib tushdi. Ularni o‘rganish natijasida 6 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta`minlandi. 

Shuningdek, boshqarma tomonidan 13 ta shahar va tuman hokimliklari va 7 ta davlat boshqaruvi organlarida O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni talablari ijrosi yuzasidan “ex-post” usulida o‘rganish o‘tkazildi. Natijada mazkur qonun talablari buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan 120 ta hujjat bekor qilinib, amaldagi qonun hujjatlariga moslashtirilgan.

Ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot, muassasalar vakillari ham ishtirok etgan muloqotda yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan va faoliyati davomida duch kelgan savollarga javob olishdi.

Maftuna SULAYMONOVA,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi


Авторизация