METALLURGLAR JIZZAXDA HAM TAYYORLANADI

Shahrimizda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, axborot xizmatlari vakillari, shuningdek, blogerlar ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ana shu va boshqa yangiliklar ma`lum qilindi.

Ta`kidlanganidek, davlatimiz rahbarining joriy yil 15-iyundagi "2023-2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida"gi Farmoyishidan kelib chiqilib, tizimda bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan, Jizzax politexnika institutida metallurgiya, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida turizm yo‘nalishlari ochildi.

Viloyatimiz markazida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurtlarida tashkil etilgan qabul komissiyalari mas`ul kotiblari abiturientlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, 20-iyulda nihoyasiga yetadigan qabul jarayonining shaffofligini ta`minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil so‘zlab berishdi.

Respublika Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi viloyat hududiy boshqarmasining sho‘ba mudiri I.Hotamovning so‘zlariga qaraganda, bu yilgi test sinovlari Jizzax Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yo‘lga qo‘yiladi.



Авторизация