Yurtimizda poyoniga yetgan yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va hududiy kengashlarga saylovlarda viloyatimizning uch nafar jurnalisti mahalliy kengashlarga, bir nafari Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
Bu ham bo‘lsa qonunchilik tashabbuskorligida hayotning eng qaynoq nuqtalaridan xabardor jurnalistlar armiyasiga xalq tomonidan bildirilgan ishonchdir. Demak, o‘zgarishlar, yangilanishlar, moslashuvlar, transformatsiya davom etadi.
Yaxshi gumon, kelajakdan ijobiy kutilmalar, Ollohdan faqat yaxshilik so‘rash xalqimizga xos. Umrimizning yangi yiliga qadam qo‘yar ekanmiz, avvalo o‘zimiz, oilamiz, yaqinlarimiz, hamkasbla-rimiz va albatta, ona Vatanimiz uchun xayrli, barakali, mazmunli kelishidan umid qilamiz. Yaxshi niyat yarim davlat bo‘lishi barobarida qolgan yarim bo‘lagi bizning bugun tashlagan qadamlarimiz, oqilona rejalarimizga bog‘liq. G‘afur G‘ulom ta’biricha, “zarradan to koinot qadar” ezgulik yo‘lida birlashar ekanmiz, insoniyat har Yangi yilni ma’nan o‘sish bilan kutib oladi. Mening nazarimda, O‘zbekiston sayyoramizdagi eng baxtli, eng tinch, eng barqaror mamlakatdir. Istagim, ona sayyoramiz bag‘ri urush ovozlaridan sitilmasin. O‘zbek diyoridagi osoyishtalik hamma ellarga, dillarga yetib borsin.
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Bahodir Nazarov,
“Jizzax haqiqati” – “Djizakskaya pravda” gazetalari bosh muharriri,
xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati