Ўхшаш янгиликлар
Jizzaxda 19-dekabr kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Parda Shukurov olib bordi. Kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Ergash Alibekovich Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.