Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishtirok etib, shaharda o‘tgan yillarda olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e`tibor qaratdi.
Shuning-dek, shahar saylov komissiyasi raisi Jasur Begmurodovning joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglan-di. Ma`lumot o‘rnida aytish lozimki, bu yilgi saylovlar yangilangan Konstitutsiya va milliy saylov qonunchiligiga binoan, aralash saylov (majoritar-proporsional) tizimi asosida o‘tkazildi. Bu tizim Qonunchilik palatasi deputat-larining 75 nafarini bir mandatli saylov okruglaridan majoritar saylov tizimi bo‘yi-cha, qolgan 75 nafarini esa partiya ro‘yxati bo‘yicha pro-porsional saylov tizimi orqali saylash imkonini berdi.
Saylov Jizzax shahri bo‘yi-cha 96687 nafar ro‘yxatga olingan saylovchilarning 94976 nafari yoki 98 foizi ishtirok etdi.
Sessiyada xalq deputatlari shahar Kengashiga saylangan deputatlar-ning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, shahar Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risi-dagi Nizom tasdiqlandi.
Sessiyada viloyat hokimi Ergash Saliyev tomonidan shahar hokimligiga ko‘rsatilgan nomzod Xolmurodov Komil Adhamovich lavozimga bir ovozdan tasdiqlandi.
Turg‘un PARDAYEV,
Jizzax shahar hokimligining Tashkiliy kadrlar nazorat guruhi rahbari.