"ZULFIYA"CHILAR SARALANDI YOKI MAS'ULIYATNING OG'IR YUKI

Jizzax shahrida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofotining viloyat saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur mukofot mamlakalimizda xotin-qizlarni e'zozlash, ularning jamiyatdagi o'rni va nufuzini oshirish, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarayotgan, o'z g'oya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko'rsatayotgan qizlarni munosib rag'batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tanlovning tuman (shahar) bosqicrhlarida qariyb 500 nafar iqtidorli qizlar ishtirok etgan bo'lsa, shulardan 80 nafari viloyat bosqichiga tavsiya etildi

Ma'lumot o'rnida aytish lozimki, davlat mukofotiga nomzodlar dastlab 5 yo'nalishda saralanaan bo'lsa, keyinchalik bu miqdor 7 tani tashkil etdi. Tanlovning joriy yilgi viloyat bosqichida tavsiya etilayotgan nomzodlar 8 ta yo'nalish bo'yicha o'z iqtidorini namoyish etdi. Yana bir muhim jihat shundaki, o'tgan yillardan farqli ravishda hakamlar hay'ati tarkibi ham yangilanib, korxona, tashkilot va muassasalaming rahbarlari bilan to'ldirilgan. Afsuski, hakamlaming 60-70 foizi ishtirok etmaganligini ularning tanlovga sovuqqonlik bilan qarayotganligi, deya ta'riflash mumkin, nazarimizda. Vaholanki, hakamlar hay'atiga talabgorlar orasidan eng munosiblarini saralab berishdek masulryatli vazifa ishonib topshirilganligi sir emas. Shunday bo'lishiga qaramay, davlat mukofoti faqat eng munosiblarga nasib qiladi, degan umiddamiz.

 

“Jizzax ovozi”


Авторизация