Yoshlarni oliy ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi oshishi bilan bir qatorda yotoqxonalarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Jizzax davlat pedagogika universitetida 600 o‘ringa mo‘ljallangan yangi 4-talabalar turar joyi foydalanishga topshirilganligi talabalarning og‘irini yengil qildi.
- Bugunga kelib universitet tasarrufidagi talabalar turar joylari soni 3 taga yetdi, - deydi universitet axborot xizmati rahbari Gulchehra Sharipova. - Yangi barpo etilgan 4-talabalar turar joyining binosi yetti qavatdan iborat bo‘lib, unda oshxona, yangi darsliklar, badiiy-ilmiy va ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitilgan ma’naviyat xonasi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilimlarni oshirish uchun eng zamonaviy turdagi kompyuter xonalari mavjud.