MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MASKANI OCHILDI

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 26-martda imzolagan “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi sifatida ochilgan mazkur maskanda konferensiyalar zali, badiiy adabiyotlar bilan boyitilgan zamonaviy kutubxona, to‘garaklar hamda xodimlar uchun ish xonalari tashkil qilingan.

Ochilish marosimida shahar hokimining yoshlar masalalari bo‘yi-cha o‘rinbosari Suyun Silliyev so‘zga chiqib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida malakatimizda, xususan Jizzax shahrida qator ishlar amalga oshirilayotgani, foydalanishga topshirilayotgan yangi ma’naviyat va ma’rifat maskani o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur, iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda, shahardagi ijtimoiy ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

(O‘z muxbirimiz)


Авторизация