“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 33 yilligini keng nishonlash, yoshlarda davlat ramzlariga bo'lgan hurmat tuyg‘usini oshirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi, Jizzax garnizonidagi harbiy qism, 524-Safarbarlik chaqiruv rezervi batalioni, Jizzax harbiy prokuraturasi va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi hamkorligida Jizzax garnizonidagi ma’naviyat va ma’rifat markazida “Bayrog‘im – g‘ururim, iftixorim” shiori ostida tashkil etildi.
Tadbir davomida yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Muqaddasdir vatan bayrog‘i!” shiori ostida rasm chizish bo‘yicha ijodiy tanlov g‘oliblariga diplom va kitoblari topshirildi.
* * *
Xuddi shunday tadbirda Jizzax shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan-maktab internatida ham tashkil etildi.
“Davlatim bayrog‘i - faxrim, g‘ururim!” shiori ostida ma’naviy va madaniy tadbir va “Bayrogʻim-faxrim, gʻururim!” shiori ostida rasm chizish bo‘yicha ijodiy tanlovdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda davlat ramzlariga hurmat tuyg‘usini oshirish hisoblanadi.