XALQ DEPUTATLARI JIZZAX SHAHAR KENGASHINING QARORI:

O‘zbekiston Respublikasining "2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi O‘RQ-659-sonli Qonuni, "Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi "Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi PF-6121-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2024-yilda Jizzax shahridagi yuridik va jismoniy shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientini kiritish va qo‘llash maqsadida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi 

QAROR QILADI: 

1. Jizzax shahar Soliq inspeksiyasining 2023-yil 15-dekabrdagi 19/6-14959- sonli xati ma`lumot uchun qabul qilinsin. 

2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq Jizzax shahri uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun Mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari shahar hududlari kesimida 1 gektar uchun soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 437-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar mustasno) uchun hududlar kesimida bazaviy soliq stavkalari 1kv.M uchun soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvi va e-qaror.gov.uz 09.01.2024 2 oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

4. Jizzax shahar soliq inspeksiyasi (J.Axbo‘tayev): Jizzax shahar soliq inspeksiyasi tomonidan byudjet daromadlari ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash, soliq bazasini kengaytirish, qo‘shimcha soliq zaxiralarini aniqlash va soliqqa tortish hamda shaharni iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida zaruriy chora-tadbirlar ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashiga har chorak yakuni bo‘yicha ma'lumot kiritib borsin. 

5. Ushbu qaror "Jizzax ovozi" gazetasida chop etilsin va shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin. 

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Azimov) shahar hokimining birinchi o‘rinbosari (A.Ergashev) zimmalariga yuklatilsin. 

7. Ushbu qaror rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi. 

Kengash 

raisi                   K.Xolmurodov


2024-yil 9-yanvar

Jizzax shahri




Авторизация