FORUMIDA ISHTIROK ETISHDI

Bir guruh jizzaxlik tadbirkor ayollar «Tadbirkor ayol» xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining forumida ishtirok etishdi. 8 oktabr kuni yurtimizda faoliyat yuritayotgan ko‘plab fermer xotin-qizlar Toshkent shahrida jam bo‘ldi.

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan forum “Fermer ayollar: raqamlashtirish va yangi texnologiyalar — muvaffaqiyat omili” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda diplomatik korpus vakillari, xalqaro va jamoat tashkilotlari, vazirlik va idoralar vakillari ham qatnashdi.

Taqdim etilgan prezentatsiyalarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti salohiyatini oshirish, raqamli savdo-fermer ayollar uchun yangi imkoniyatlar, mahsulotlar logistikasi va eksportini tashkil etishning yangi imkoniyatlari, ularni internet resurslari orqali yo‘lga qo‘yish istiqbollari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning samarali lizing yechimlari kabi masalalar keng muhokama qilinadi. Sohada ayollarning o‘rnini oshirish haqida so‘z bordi.


Авторизация