JAMOATCHILIK NAZORATINING HOLATI TAHLIL QILINDI

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan hududda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda siyosiy partiyalar hamkorligida “Jamoatchilik nazoratining holati va rivojlanish istiqbollari” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi subsidiya mablag‘lari doirasida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar, yutuq va kamchiliklar, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama markazida bo‘ldi.

Bugungi kunda viloyatda 591 ta nodavlat notijorat tashkilot faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, tuman, shahar hokimliklari muassisligida 14 ta, davlat tashkilotlari muassisligida 2 ta, oliy ta’lim muassasalari muassisligida 2 ta gazeta mavjud. Hokimliklarning rasmiy veb-saytlari 14 ta, OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 2 ta veb-sayt faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Joriy yilning shu davriga qadar, jamoatchilik subyektlari tomonidan 30 ga yaqin jamoatchilik nazorati tadbirlari olib borilgan, shulardan, jamoatchilik monitoringi,  jamoatchilik eshituvi, jamaotchilik muhokamasi hamda jamoatchilik fikrini o‘rganishga alohida ahamiyat berilgan. 

Viloyatda faoliyat olib borayotgan “Yuksalish” umummilliy harakati, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, “Jizzax ovozi” gazetasi, Jizzax viloyat va shahar televideniyelari, “Basira” nodavlat notijorat tashkilotlari jamoatchilik nazorati tadbirlarini olib borishda faollik ko‘rsatib kelmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda jamoatchilik nazoratining o‘rni, jamoatchilik nazoratini olib borishda davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar, jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik fikrini o‘rganish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish mexanizmi kabi masalalarda so‘z yuritishdi. 

Tadbirda Jizzax viloyatida faoliyat olib borayotgan jamoatchilik nazorati subyektlari bo‘lgan fuqarolar, OAV, NNTlar hamda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati qisqacha tahlil qilindi. Ularning jamoatchilik nazorati yo‘nalishidagi faolligini oshirish bo‘yicha zaruriy tushuncha va tavsiyalar berildi. Sohadagi yutuqlar bilan birga qilinishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi. Bildirilgan fikr-mulohazalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

DJTQM Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi


Авторизация