KIM BOʼLSАM EKАN?

27 sentyabrь kuni Jizzax shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimiga qarashli 21-umumiy oʼrta taʼlim maktabida maktabning manaviy va marifiy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari Аkbar Ergashevning tashabbusi bilan texnologiya fani oʼqituvchisi Dilshoda Normurodova ssenariysi asosida “Kim boʼlsam ekan?” tadbiri boʼlib oʼtdi.

Mazkur tadbirda oʼquvchilarni oʼzlari sevgan kasb- hunarlariga muhabbat ruhida tarbiyalash, yaxshi insonlar bilan faxrlanish hissini uygʼotish, ularning qilgan ishlari, qoldirgan meroslarini oʼrgatish, oʼquvchilarni mehr – oqibatli, xushmuomala boʼlishiga va oʼz maqsadiga erishish yoʼlida tinimsiz izlanishga undash asosiy maqsad qilib olindi.

Tadbir davomida oʼquvchilar tomonidan badiiy sahnalar, sport chiqishlari ham namoyish etildi.

 

Dilshoda Normurodova,

21-umumiy oʼrta taʼlim maktabining texnologiya fani oʼqituvchisi.


Авторизация