MEHNAT MUHOFAZASI BO’LISHI SHART

Mehnat muhofazasi insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar va vositalari tizimidir. Ish beruvchilar xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar mehnat faoliyati jarayonida xodimning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan qoidalarni, tartib-taomillarni va mezonlarni belgilaydi.

Sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan boʻlib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki normativ huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. 

Ish beruvchi doimiy ravishda xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo‘l-yo‘riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini tekshirib borishi shart. Boshqarma va uning hududiy filiallariga boshqa tashkilotlardan xizmat safariga yuborilgan yoki amaliyot o‘tash uchun kelganlar uchun ish vaqti va dam olish vaqti, yoshlar va ayollar mehnatini muhofazasi, ichki mehnat tartib qoidalari, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda birinchi navbatdagi harakatlari to‘g‘risida Yo‘riqnoma ishlab chiqilishi kerak. 

 

O. ABDUSHUKUROV,

Davlat kadastrlari palatasi

Jizzax viloyati boshqarmasi

Mehnat muhofazasi, texnika xavsizligi

 va fuqarolik himoyasi mutaxassisi  


Авторизация