ORZIQIB KUTILGAN KUN

Navroʻz — bahor bayrami hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni sanaladi. “Navroʻz” soʻzi forschadan tarjima qilinganda, “yangi kun” maʼnosini beradi. 

Navroʻz Shimoliy yarimsharda bahorning boshlanishi sifatida, kecha-kunduz tenglashgan kunda (martning 20, 21 va yoki 22-da) boshlanadi. Baʼzi xalqlar bahor faslining kelishini tabiatning uygʻonishi bilan bogʻlaydilar, shu munosabat bilan bayramlar oʻtkazishadi, uni yangi yilning boshlanishidek bayram qiladilar. Qadim zamonlardan boshlab Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Eron, Afgʻonıston, Tojikiston va yana koʻplab sharqiy oʻlkalarda bahorning — yangi yilning kelishini bayramlar bilan qarshi olishadi. Martning 21-sanasi Eron va Afgʻonistonda rasmiy taqvimning dastlabki birinchi kuni hisoblanadi.

2009-yil 30-sentabrda Navroʻz UNESCO tarafidan nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan, 2010-yil 23-fevralda esa BMT Bosh Assambleyasining 64-sessiyasida 21-mart "Xalqaro Navroʻz Kuni" deb eʼlon qilindi. Hali ham bu bayram xalqlar oʻrtasida keng koʻlamda davom etib kelmoqda.

Navroʻz qadimiyligi, keng geografik qamrovi va uni nishonlash vaqtidagi turli davrlari sababli, nomoddiy madaniy merosning xilma-xil xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. U “Navroʻzi Jamshid”ini anglatgan Eronning afsonaviy shohi Jamshid va shu kabi afsonalarga asoslangan koʻpgina madaniy shakl va tasvirlardan tashkil topgan.

Shunga oʻxshash afsona hind mifologiyasida ham mavjuddir, bundan tashqari „Boʻzqurt“ nomli turk afsonasida, “Ammo Navroʻz” Eron afsonasida, Afgʻoniston va Oʻrta Osiyo mamlakatlari afsonalarida Nanex Novrouz Amoo Novrouzni kutadi, lekin yangi yil kirib kelganida uxlab qoladi. Amoo Novrouz u uxlab yotganida kelib ketadi. Bu voqea har yili takrorlanaveradi. Bu afsonalar eskirgandek tuyulsa ham, ular bugungi kunda madaniyatimizda uchrab turadi. 

“Navroʻz”, “Muborakbod”, “Shohmoylar”, “Sumalak”, “Boychechak”, “Binafsha” kabi folklor ashulalari Oʻzbekistonda bugungi kunda mashhur. 

Barcha Navroʻzlarda mahalliy va anʼanaviy raqslar mavjud boʻlib, ular etnik guruhlar tomonidan ijro etiladi, Ozarbayjon va oʻzbek raqslari kerakli maromda ijro etiladi va madaniy hamda lingvistik koʻrinish — maxsus folklor koʻrinishlarida uygʻunlashgan. 

Tajriba, bilim va hunar, shuningdek, uy jihozlarini yangilash, bolalar uchun oʻyinchoqlar yasash, qimmatli tosh va metallardan yasalgan zargarlik buyumlari, ayniqsa yosh kelinlar uchun bezaklar, zeb-ziynat mahsulotlari bayram nishonlanishning turli bosqichlarida qoʻllaniladi. Umuman olganda, bayram marosimlarida ushbu odatlar umumiy qiymatga va boy madaniy xilma-xillik koʻrinishidagi oʻziga xoslikka ega.

Sanalarni belgilash asosan qadimiy astronomik taʼlimot asosida hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yilnoma asosan Abu Rayhon BeruniyMahmud Koshgʻariy va Umar Xayyom kabi mashhur olimlar tomonidan tasdiqlangan va toʻgʻrilangan.

Har bir oila va jamiyatda nishonlanadigan koʻpgina marosim, anʼana va madaniy hodisalar mavjud. Bayramning eng muhim vazifalaridan biri bu ommaviy yigʻinlar boʻlib, u yYerda madaniy almashinuv va tadbirlar marosimlarga qoʻshib oʻtkaziladi. Suv va olov bilan bogʻliq maxsus ommaviy marosimlar bunga misol boʻla oladi.

Kurd va zardoʻshtlar, Turkiya va Oʻrta Osiyo mamlakatlari xalqlari orasida Navroʻz arafasida olov bilan bogʻliq marosimlar mavjud. Masalan, Qirgʻiziston Respublikasida odamlar qarzlarini toʻlaydilar, uylarini yigʻishtiradilar, qoʻshnilari bilan urishib qolgan boʻlsa yarashib, ularni kechiradilar. Toʻkin-sochinlik, hosildorlik va yomgʻir timsoli sifatida barcha idishlarni sut, qatiq, bugʻdoy va bahorgi suv bilan toʻldiradilar. Qariyalarning aytishlaricha, bu insonlardan turli xil kasalliklar va omadsizliklarni ketkazadi.

Koʻpgina qishloq va qabilalarda yilning soʻnggi chorshanbasi va Navroʻz arafasida uy bekalari va qizlar uylari yaqindagi chashma, buloq yoki quduqdan suv keltirishadi.

Bayramning asosiy elementlari musiqa, raqs, ogʻzaki nutq hamda adabiyot, hunarmandchilik va rassomchilik (asosan miniatyura sanʼati)dan tashkil topadi. Turli xil hunarmandlar oʻz qoʻllari bilan bezaklar, bolalar uchun oʻyinchoqlar yasab bYerishadi. Bu oʻyinchoqlardagi bezaklar, sheʼriyatdagi asosiy mazmun, musiqa va raqslardagi badiiy maʼno, rasmlardagi asosiy mazmun Navroʻz bayramida bahorni kelishi va tabiatning yangilanishini aks ettirgan. Misol uchun, Qirgʻiziston Respublikasida Akayn — koʻcha sanʼatkorlarining chiqishlarida Yangi yilni olqishlash maʼnosi koʻtarilgan. Bundan tashqari akaynlar afsonaviy voqealarni koʻrsatib namoyishlar qoʻyishgan. Shuningdek, Oʻzbekstonda ham Navroʻzni sharaflash qoʻshiqlari folklor sanʼatkorlar baxshi, shoir va dostonchilar repertuaridan ham joy olgan. Navroʻzga bagʻishlangan ayrim epik afsonalar shu kungacha saqlanib qolgan (XorazmSurxondaryoQashqadaryoSamarqand). Anʼanaviy musiqaning rivojlanishiga marosim ohangi ham oʻziga xos hissa qoʻshgan, bular Buxoroning "Shoshmaqom", "Xorazm maqomlari" va "Fargʻona — Toshkent maqomlari" kabi cholgʻu va yakkaxon maqom siklini yaratishga asos boʻlgan.


Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga koʻra, Navroʻzning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan “zardushtiylik”ning paydo boʻlishigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga oladi.

Qadim-qadimdan Navroʻz xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi boʻlib kelgan. Oʻsha kunlarda hatto urush-janjallar ham toʻxtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan oʻtishgan.

Firdavsiyniig „Shohnoma“sida yangi yil bayrami shoh Jamshid nomi bilan bogʻlanadi. Jumladan, Jamshid yurtga yaxshilik qilish maqsadida odamlarga kasb oʻrgatadi, temir Yeritib qurol yasatadi, ip yigirtirib kiyim toʻqitadi, imoratlar barpo qiladi, tabiblik sirlarini ochadi, kema yasaydi, bogʻ bunyod qiladi. Nihoyat, bir kuni taxt yasatib, unda osmonga koʻtariladi. Ushbu afsonaga koʻra xuddi shu kuni Navroʻz nishonlangan.

Darhaqiqat, Navroʻzning qachon va qanday vujudga kelganligini aniq koʻrsatish qiyin boʻlsa-da, shuni aytish mumkinki, bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki Navroʻzning dunyoga kelishi chuqur ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, yaʼni Quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi bilan bogʻliq boʻlgan. Bu esa (har qanday jamiyatda) yil boshi qachon kelishidan qatʼi nazar navroʻzni uygʻonish bayrami sifatida nishonlash uchun asos boʻlgan. Bundan tashqari, Navroʻzning chuqur ildizlariga murojaat qilsak, u eng qadimiy davrlarda — ibtidoiy odamlarning dehkonchilikka oʻtganidan soʻng dalalarda yangi ish mavsumi boshlanishidan oldin oʻtkazilgan bahor bayramlariga borib taqaladi.

Musulmon davlatlari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlari Miloddan avvalgi III asrdayoq Navroʻz bayramini Yangi yil tariqasida keng nishonlaganlar.

Navroʻz musulmon xalqlarining taqvimida mustahkam oʻrin olgan eng sara bayramlaridan biridir. U inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlikni anglatadigan noyob va ijtimoiy hamda tabiiy hodisadir. Lekin ayni paytda biz kutib olayotgan, yangi yilning birinchi kuni 1-yanvar toʻgʻrisida bunday fikrni aytish mumkin emas, chunki bu marosim taqvimda turgʻunsiz boʻlgan sunʼiy, yaʼni kishilarning xohish-irodasiga bogʻliq holda belgilangan sanadir.

Qadim-qadimdan xalqimiz Navroʻz arafasidan boshlaboq, rizq-roʻzimiz manbai ona Yerga alohida mehr bilan ishlov bYerib, urugʻ qadagan, mevali va mevasiz daraxtlar oʻtkazish marosimlari tashkil etilgan, xilma-xil tansiq taomlar, pishiriqlar tayyorlangan, turli musobaqalar, oʻyin-kulgular, sayillar va hokazolar boʻlib oʻtgan. Darhaqiqat, oʻz xalqiga qaytarilgan yangi yil — Navroʻz barchaga olam-olam quvonch keltirib, maʼnaviy oziq bYeradigan taqvimdagi muhrlangan qadimiy anʼanamizdir.

Navroʻzda tinchlik va birdamlik, totuvlik va qoʻshnichilik kabi ulugʻ qadriyatlar ilgari surilgan. Misol uchun, oqsoqollar urishgan oilalarni yarashtirib oilalarni saqlab qolishgan. Tojikistonda munosabatlari buzilgan insonlar oqsoqollarning nasihatlarisiz oʻzlari yarashib ketishgan. Bu madaniy marosimlarda madaniy xilma-xillik va insonparvarlik, sogʻlom turmush tarzi va yashash sharoitini yanglish kabi odatlar avloddan-avlodga oʻtib kelmoqda. Bolalar ham Sofreh, yaʼni tuxumlarini boʻyash va bezash kabi udumlarda faol qatnashib kelishgan. Bu tuxumlar sovgʻa sifatida bolalarga tarqatilgan. Taqdim qilingan filmda ham, bu shuni bildiradiki, tuxumlarni boʻyash asosan bolalar tomonidan bajariladigan Navroʻz bayramining goʻzal bir udumidir. Sovgʻalar (koʻpincha yangi kiyimlar) asosan bolalarga beriladi. Bu tantanalar bolalarning xotirasida muhrlanib qoladi va ular ham keyinchalik bu anʼanalarni davom ettirib, oʻzlaridan keyingi yosh avlodga oʻtkazadilar.

Navroʻz bayramida tabrik xatlarini joʻnatish ham doʻstlikni mustahkamlaydi. Bir-biridan uzoq oʻlkalarda yashovchi insonlar tabrik maktublarini joʻnatib oʻrtalaridagi aloqalarini yaqinlashtiradilar va bu bir-birinikiga mehmonga, sayohatga chiqishga undaydi. Navroʻz bayramlari vaqtida pochta idoralarida ish boshqa kunlarga nisbatan juda ham faollashadi.

Oʻzbekistonda navroʻz 21-mart kuni nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.

Navroʻz — yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uygʻonishi bilan bogʻliq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun — Yangi yil, yani Navroʻz bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. U dehqon uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasi hisoblanadi.

Ota-bobolarimiz, buvi-momolarimiz bu bayramni nishonlab, turli-tuman, rang-barang udum va marosimlar oʻtkazishgan. Dalalarda bahorgi ekin tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar yerga qoʻsh solishgan. Jamoa-jamoa boʻlib, hasharlar uyushtirishgan. Oʻtgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ommaviy ravishda mevali, manzarali daraxtlar oʻtqazilgan. Dalalarda, yozloqlarda Navroʻz — yangi yil, yangi hayot qaynagan. Ajdodlarimiz Navroʻz bayramiga atab maxsus kiyimlar tikishgan va ularni kiyib, bayram qilishgan. Navroʻz taomlari ham oʻziga xos boʻlgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlash ananaviy tusga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroki juda faol boʻlgan. Ular Navroʻz bayramida turli ommaviy bayram oʻyinlari oʻynaganlar. Ot oʻyin, chillak, qoʻgʻirchoq, toshoʻyin, lapar aytish va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, oʻsmirlar, oʻspirinlar, boʻy qizlar sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun ancha ilgariroq tayyorgarlik koʻrishgan.

Bu jarayonlarda turli-tuman xalq oʻyinlari, bahor qoʻshiqlari ijro etilgan. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiyaga oid sovrinli oʻyinlar, musobaqalar tashkil etilgan. Koʻpkari-uloq, kurash oʻyinlari, hayvon va parrandalar (xoʻroz, it, qoʻchqor)ni urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor oʻyinlari, turli xil xalq tomoshalari oʻtkazilgan. Navroʻz — mehnat, mehr-oqibat, insonparvarlik bayramidir. Bu kun marhumlarning qabrlari ziyorat qilinadi. Keksa, nogiron, yolgʻiz qariyalar, ota-onalar yoʻqlanadi. Kishilar bir-birlariga sovgʻa-salomlar ulashib, shirinliklar hadya etishadi. Navroʻz — muhabbat, sevgi, sadoqat bayrami. Navroʻz munosabati bilan nikoh toʻylari oʻtkazilgan. Yigit-qizlar bir-birlari bilan ahdu paymon qilishgan. Yangi tushgan kelin qoʻlidan choy ichish maqsadida „kelin koʻrdi“ga borilgan. Navroʻz — doʻstlik, birodarlik bayramidir. Ushbu kunni nafaqat Sharq xalqlari, balki millati, dini, eʼtiqodidan qati nazar, barcha bayram qiladi. Navroʻz bayrami Oʻzbekistonda dam olish kuni, rasmiy bayram kuni deb qabul qilingan. Uni hozirgacha ham yoshlardan tortib yoshi keksa kishilar ham tantali tarzda kutib olishadi.

Nilufar NEGMUROTOVA,

O‘zbekiston davlat jahon tillari univYersiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi 


Авторизация