VILOYAT KUBOGI MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

15 - sentabr kuni Jizzaxda sportning O‘zbek jang san'ati turi bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi 

Unda jami 150 nafardan ziyod yosh sportchilar "Mergan chavandoz", "Mergan sportchi" hamda "Temuriylar bellashuvi" yo‘nalishlari bo‘yicha bahslashdilar. Mutaxassislar eng sara sportchilar mahoratini baholash bilan birgalikda, shu yilning 21-22-sentabr kunlari Jizzax shahri mezbonlik qilishi rejalashtirilgan navbatdagi O‘zbekiston kubogi bahslarida ishtirok etadigan viloyat terma jamoasining yangilangan tarkibini ham aniqlab oldilar. 

Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar odatga ko‘ra Jizzax viloyati sport boshqarmasi va viloyat O‘zbek jang san'ati federatsiyasi tomonidan ta'sis etilgan diplom, medal va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Авторизация