KUCHLILAR SARALFNDI

Viloyat voleybol federatsiyasi hamda IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat Kengashi hamkorligida 2006-2007-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

26 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashgan bahslarda zarbdorlik qizlar jamoasiga teng keladigani topilmadi. Ikkinchi o‘rin G‘allaorol tumani, uchinchi o‘rin esa Jizzax shahri jamoasiga nasib etdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final uchrashuvida Sharof Rashidov va Paxtakor tumanlari yoshlari bellashishdi. Sharof Rashidov tumani voleybolchilari yakunda 3:0 hisobi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Paxtakorlik yoshlar ikkinchi, Baxmal tumani voleybolchilari uchinchi o‘rinni band etishdi.

Viloyat IIB boshlig‘i, viloyat voleybol federatsiyasi raisi, general-mayor G‘ayrat Qodirov g‘oliblarni viloyat ichki ishlar boshqarmasining medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirladi.

B.TOG‘AYEV


Авторизация