JINOYATGA YARASHA JAZO

Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi va ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘allaorol tumani, «Olimlar» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro B.B. xonadonida etil spirtidan qo‘lbola alkogolli mahsulotlar tayyorlab kelayotgani aniqlandi. 

Tadbir davomida xavfsizlik talablariga javob bermaydi-gan, iste`molga yaroqsiz bo‘lgan qo‘lbola usulda  alkogolli mahsulotlarni tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan moslamalar, shisha idishlar, aksiz markalari va yorliqlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

O.Qirg‘izboYev, boshqarma katta inspektori

***

Fuqaro O.À. tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasida patronaj hamshira vazifasida ishlab kelardi. To‘g‘ri yo‘l bilan pul topishga qanoat qilmadi shekilli, u fuqaro D.I.ning ishonchiga kiradi. 

Garchi ishga joylashtirish vakolati bo‘lmasada, 700 ÀQSh dollari evaziga G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytdi. U har xil yolg‘on va`dalar berib, jami 4.665.228 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi va o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi. Àmmo qilmishi fosh bo‘lib, oxir oqibatda qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keldi.

D.Maxramov, boshqarma katta inspektori

***

Fuqaro N.B. ham G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada xo‘jalik bekasi lavozimida ishlab kelar ekan, ishga joylashtirish vakolatiga kirmasligini bila turib fuqaro M.À.ni 1000 ÀQSh dollari evaziga G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasiga birlashma bosh vrachi va poliklinika mudirlari orqali hamshiralik lavozimiga ishga kiritib qo‘yishga va`da berdi. Uning qilmishi ham fosh etilib, tegishli choralar ko‘rildi.

O.Qurbonov, boshqarma katta inspektori

***

Fuqaro À.E. G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelib, birlashma bosh shifokori va boshqalar bilan jinoiy til biriktirdi. 

U O‘zbekiston Respublikasining "Davlat xaridlari to‘g‘risi"dagi Qonuni talablariga zid ravishda "THE GROUND" MChJ bilan tuzilgan shartnomalarga asosan 15 dona, har bir donasi 4.645.000 so‘mdan jami 69.675.000 so‘mlik planshetlar, "Nozimabegim Nasibasi" XK bilan tuzilgan shartnomalar asosida qiymati 299.900.000 so‘mlik yumshoq yotoqxona jihozlari va "SHOH SAVDO" MChJ bilan tuzilgan shartnomalarga asosan jami 74.638.000 so‘mlik kompyuter jamlanmalari xarid qilinadi.

Sud-tovarshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, "THE GROUND" MChJdan xarid qilingan 15 dona 69.675.000 so‘mlik planshetlarning haqiqiy bahosi 27.044 400 so‘m, "Nozimabegim Nasibasi" XKdan xarid qilingan 4 turdagi 2426 dona 299.900.000 so‘mlik yumshoq yotoqxona jihozlarining haqiqiy bahosi 171.120.667 so‘m, "SHOH SAVDO" MChJdan xarid qilingan 18 dona 74.638.000 so‘mlik kompyuter jamlanmalarining haqiqiy bahosi 52.386.000 so‘m ekanligi oydinlashdi. 

Shu tariqa bu jinoiy guruh jami 193.661.933 so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.

À.Ismoilov, 

boshqarma katta inspektori



Авторизация