Ўхшаш янгиликлар
10 ga yaqin jamoa ishtirok etgan o‘yinlar finalida Jizzax shahrining "Lokomotiv BFK" klubi hamda Paxtakor tumanining "Paxtakor" jamoalari o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib olishdi. 2:1 hisobida yakuniga yetgan uchrashuvda bosh sovrin jizzaxlik "Loko"chilarga nasib etdi.
Yakuniy bahsda paxtakorlik raqiblari darvozasiga ikkita to‘p kiritgan Doniyor Uzoqov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan mukofot egasiga aylandi.
Jamoa rahbari U. Jamolov, murabbiylar M. Fayzullayev hamda D.Ismadiyorov shogirdlari endi 27-oktabrdan 2-noyabrga qadar Andijon viloyati mezbonlik qiladigan 1-ligaga saralash turnirida ishtirok etadi.
(o‘z muxbirimiz)