Jizzax viloyatiga 2024 yilning oʼtgan 8 oyi davomida 298 ming nafar xorijiy 976 ming nafar mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatildi.
Viloyatga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlarning asosiy qismini Xitoy, Koreya, Italiya, Meksika, Polsha, АQSh, Аngliya, Germaniya, Frantsiya va Shveytsariya davlatlari fuqarolariga toʼgʼri keladi.
Xorijiy sayyohlar koʼproq Zomin, Baxmal, Forish, Аrnasoy va Gʼallaorol tumanlaridagi turizm obʼektlariga tashrif buyurmoqda.
Jumladan, bugunga qadar viloyatning Forish tumaniga 43 620 ming nafar xorijiy sayyohlar, 179 450 ming nafardan ortiq mahalliy sayyohlar kelgan. Sayyohlarning dam olishlari uchun 31 ta joylashtirish vositalari, shundan 9 ta xostel, 4 ta kemping,17 ta oilaviy mehmon uyi va 1 ta oʼtovli oromgoh tashkil etilgan.
Xorijiy sayyohlar hududdagi turizm obʼektlarida yaratilgan sharoitlar, milliy urf-odatlar, qoʼl mehnatida tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar, betakror tabiat, hushmanzara togʼlar hamda adirliklar boʼylab yaratilgan 5 kunlik "Etti yulduz" turizm xalqasi boʼylab sayohat maroqli ekanini bildirishgan.
Gavhar SАYDULLАYEVА